Gʻazo urushi boshlanganidan buyon taxminan 370 ming isroillik Isroilni tark etdi
Zaman Israel gazetasi Isroil Aholi va immigratsiya boshqarmasiga tayanib, 7 oktyabrdan keyin 370 mingga yaqin isroillik mamlakatni tark etganini, shu jumladan oktyabrda 230 309 va noyabrda 139 839 isroillik ketganini qayd etdi.
Shu bilan
birga, oktyabrda mamlakatga 302 mingga yaqin, noyabrda esa 194 ming, yaʻʻni jami
yarim millionga yaqin isroillik kelgan. Bu kelganlar soni ketayotganlarga
qaraganda ancha koʻp degan taassurot uygʻotadi, lekin aslida kelganlarning
aksariyati taʻʻtildan mamlakatga qaytgan isroillik sayohatchilar boʻlgan.
Shunday qilib, salbiy migratsiya hozirda qariyb yarim million
kishini tashkil etadi va bu mamlakatni tark etgan minglab xorijiy ishchilar,
qochqinlar va diplomatlarni oʻz ichiga olmaydi.
Va urush Isroilga immigratsiyani toʻxtatmagan boʻlsa-da, u sezilarli darajada
kamaydi. Absorbtsiya vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, 7 oktyabrdan 29 noyabrgacha
Isroilga taxminan 2000 kishi koʻchib kelgan. Bu oyiga ming kishidan degani. 2023 yil boshida esa bu koʻrsatkich oylik
4,5 ming nafarni tashkil etgan. Shunday qilib, migratsiya koʻlami 70 foizdan koʻproq
kamaydi.
Absorbtsiya
vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, 2022 yilda har oy Isroilga 6100 immigrant
kelgan. 2023 yilda bu koʻrsatkich Efiopiya va Ukrainadagi vaziyat
barqarorlashgani, shuningdek, hukumat siyosati tufayli Isroilning oʻzida
ijtimoiy-iqtisodiy va xavfsizlik vaziyatining yomonlashuvi tufayli kamaydi.