09.12.2023 13:51

AQShda musulmonlarga qarshi nafrat hodisalari 172 foizga koʻpaydi

Amerika-Islom munosabatlari kengashi (CAIR) fuqarolik huquqlari buzilishiga oid yangi maʻʻlumotlarni eʻʻlon qildi.

Unga koʻra, Isroil-Falastin mojarolari avj olishi fonida oxirgi 57 kun ichida mamlakat miqyosida musulmonlar va falastinliklarga nisbatan nafrat toʻlqini misli koʻrilmagan darajada kuchaygan.

7 oktyabrdan 2 dekabrgacha boʻlgan sakkiz hafta ichida Kengash boʻlimlariga yordam soʻrab jami 2171 ta soʻrov va noxolislik haqidagi xabarlar kelib tushgan. Bu oʻtgan yilning shu ikki oylik davriga nisbatan 172 foizga koʻp demakdir.

“Berlingtondan Chikagogacha, Kolumbiya okrugigacha va undan tashqarida begunoh amerikaliklar bu murosasizlik toʻlqini oqibatlaridan aziyat chekmoqda, - dedi CAIR ijrochi direktori Nihod Avad. - Gʻazodagi zoʻravonliklar toʻxtamas ekan... islomofobiya va falastinliklarga qarshi irqchilik mamlakatda nazoratdan chiqib ketishdan qoʻrqamiz".

Mavzuga aloqador