AQShdagi etakchi universitetlar Falastin tarafdorlarining namoyishlari tufayli tanqidga uchradi
AQShdagi uchta etakchi universitet – Garvard, Pensilʻvaniya universiteti va Massachusets texnologiya instituti (MIT) rahbarlari Kongressdagi tinglovlarda «antisemitizm»ga qarshi kurash boʻyicha nutq soʻzlash uchun chaqirildi. Qonun chiqaruvchilar OTMLar kampuslarida Falastin tarafdori boʻlgan har qanday norozilik namoyishlarini tanqid qilib, ularni "yahudiylarga nisbatan nafrat" ifodasi deb atadi.
Kongress aʻʻzolari Falastin tarafdori namoyishlarda qatnashgan
talabalarni ayblash va sudga tortishni talab qildi.
Bir necha soat davom etgan munozarali munozarada uch
universitet prezidentlari navbatdagi qadamlarni muhokama qilishga urindi. Biroq respublikachi kongressmen Eliz Stefanik “soʻz
erkinligi” haqida hech qanday ishora qilinmaslik va Isroilga qarshi qaratilgan har
qanday shiorlar taqiqlanishini talab qildi.
Bahs chogʻida Stefanik Pensilʻvaniya universiteti prezidenti Elizabet Megildan “yahudiylarni genotsidga daʻʻvat qilgan” talabalar universitetning axloq kodeksiga muvofiq intizomiy jazoga tortilish-tortilmasligini aytishini soʻradi. Senator, shuningdek, Falastinning arabchada “gʻalayon” degan maʻʻnoni anglatadigan «intifada» shiorini «genotsid»ga chaqirish, deb hisobladi. Stefanikning fikricha, bu soʻzni yahudiylarga nisbatan zoʻravonlikka gipotetik (taxminiy – tarj.) chaqiriq sifatida qarash mumkin.
"Agar
soʻzlar harakatga aylansa, bu tergovga sabab boʻlishi mumkin", - deb javob
berdi rektor Megill AQShning soʻz erkinligini kafolatlaydigan birinchi tuzatishiga
tayanib. Universitet rahbarining aytishicha, intizomiy qaror kontekstga
bogʻliq. Stefanik rektordan «ha» yoki «yoʻq» deb javob berishni talab qila boshladi,
ammo rektor buni rad etdi.
Har ikki partiya senatorlari Megilni tanqid qilishdi. “Buni
aytish kerakligini aql
bovar qilmaydi: genotsidga chaqiriqlar dahshatli va biz mamlakat sifatida ifoda etadigan barcha
narsaga ziddir”, - dedi
Oq uy matbuot kotibi Endryu Beyts.
Oq uy rektor Megilning soʻzlarini qoralashni bir qancha yahudiy siyosatchilar qoʻllab-quvvatladi.
Jumladan, Pensilʻvaniya gubernatori Josh
Shapiro Megilni isteʻʻfoga chaqirdi.
Avvalroq amerikalik yahudiy donorlar soʻz erkinligini qoʻllab-quvvatlagani va Falastinni dastaklovchi tadbirlar oʻtkazilishiga yoʻl qoʻygani uchun universitetlardan oʻz xayriyalarini qaytarib olishni boshlagan edi. Jumladan, Pensilʻvaniya universitetida rektor soʻz erkinligi himoyasi uchun soʻzga chiqqanidan soʻng, nomaʻʻlum donor 100 million dollar miqdoridagi xayriyasini qaytarib oldi.