Madaniyatga taqiq: butun dunyoda Falastin tarafdori boʻlgan ijodkorlarning koʻrgazmalari bekor qilinmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Falastinni qoʻllab-quvvatlayotgan ijodkorlarning butun dunyo boʻylab koʻrgazmalari bekor qilinmoqda. Jahonga mashhur xitoylik Ay Veyveyning koʻrgazmasi aynan shu sabab bekor qilingani katta shov-shuvlarga sabab boʻldi.
“Yahudiy
xalqini taʻʻqib qilish bilan bogʻliq [Gʻarb davlatlarining] aybdorlik hissi baʻʻzan
arab dunyosi hisobiga yuvilayotgandek”, — deb yozdi Ay Veyvey X ijtimoiy
tarmogʻidagi sahifasida.
“Moliyaviy,
madaniy va ommaviy axborot vositalari nuqtai nazaridan yahudiy jamiyati AQSh sezilarli
taʻʻsirga ega. Vashingtonning Isroilga yiliga 3 milliard dollarlik yordam paketi
bir necha oʻn yillar davomida AQSh kiritgan eng qimmat sarmoyalardan biri sifatida
eʻʻtirof etib kelinmoqda”, - deya qayd etdi ijodkor.
Tanqidchilar, jumladan nufuzli yahudiy tashkilotlari bu postni
«antisemitizm» deb hisobladi.
Londondagi Lison galereyasi xitoylik rassomning asarlari koʻrgazmasini ochilishi
arafasida bekor qildi. Uning
ortidan Nʻyu-York, Parij va Berlindagi galereyalar ham shunday qarorga keldi.
Ayning tviti
atrofidagi bahslar
Isroil-Falastin urushi boshlanganidan buyon sanʻʻat va koʻngilochar sohalarni larzaga keltirgan koʻplab
mojarolardan biridir. Sanʻʻat olamidagi norozilik, ayniqsa, Falastin manfaatlari
himoyachilari,
jumladan, Isroilning Gʻazoni bombardimon qilganini tanqid ostiga olgan yahudiy rassomlarga
nisbatan qattiq boʻldi.
Dunyoga
mashhur koʻplab galereyalar ijodkorlarning Isroil-Falastin masalasidagi pozitsiyalari tufayli koʻrgazmalarni,
taqdirlash marosimlarini va rassomlar bilan boʻlajak shartnoma muzokaralarini
bekor qilmoqda. Galereyachilarning aytishicha, kollektsionerlar hatto
rassomlarning siyosiy qarashlarini tekshirib, Isroilni tanqid qilgani uchun
asarlarini koʻrgazmalardan olib tashlashni talab qilmoqda.
Nufuzli “Artforum”
jurnali Gʻazo sektorida zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatish, shuningdek,
falastinliklarni ozod qilishga chaqirgan “Sanʻʻat hamjamiyatidan madaniyat
tashkilotlariga ochiq xat”ni qayta nashr etdi.
Buning
ortidan jurnal muharriri Devid Velasko ishdan boʻshatildi, jurnal noshiri Jey Penske
esa uning xatti-harakatlari tahririyat jarayoniga "mos kelmasligini"
aytdi.
Shundan
soʻng yuzlab rassom va mualliflar jurnalni boykot qilishdi. Dekabrʻ oyidagi
nashrda Penske Velaskoning ketishi "notoʻgʻri talqin qilingan"idan
afsusda ekanini bildirdi.
Christie’s auktsion uyi livanlik rassom Ayman Baalbakining
ikkita rasmini olib tashladi: biri Falastin oʻziga xosligi ramzi sifatida
koʻriladigan qizil va oq keffiya kiygan odam tasvirlangan. Frankfurt kitob
koʻrgazmasida falastinlik yozuvchi Adanya Shibli sharafiga oʻtkazilgan taqdirlash
marosimini ham
tashkilotchilar “Isroildagi urush” bahonasida bekor qildi.
Evropa huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi (ELSC) 7 oktyabrdan
beri sanʻʻatkorlarga qarshi “repressiv voqealar portlashi” sodir boʻlganini bildirdi.
ELSC vakili
Elis Gartsiya baʻʻzi tadbirlar “juda taʻʻsirchanligi yoki Isroilga qarshi qaratilgan”
deb topilgani uchun bekor qilingan. Uning soʻzlariga koʻra, bunday holatlarning
aksariyati Germaniyada kuzatilmoqda.