-
BAA hukumati oʻgʻirlik va talonchilik holatlari keskin ortgani munosabati bilan oʻz fuqarolarini Evropa davlatlariga safar qilmaslikka chaqirdi. Safarini bekor qilish imkoni boʻlmaganlarga “oʻta hushyor va ehtiyotkor boʻlish” tavsiya qilinib, Ispaniya, Gruziya, Italiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya va Avstriya BAA fuqarolari uchun eng xavfli davlatlar ekani taʻʻkidlandi.
-
1 iyuldan BMT Xavfsizlik Kengashiga raislik bir oy muddatga Rossiyaga oʻtdi. Rossiya raisligidagi asosiy tadbirlar oy oʻrtalarida boʻlib oʻtishi kutilmoqda hamda ular yanada adolatli, demokratik va barqaror dunyo tartibini barpo etish, Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solish, shuningdek, BMTning KXShT, MDH va ShHT bilan hamkorligiga bagʻishlanadi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 270 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Qatar poytaxti Doha shahrida BMT shafeligida Afgʻoniston boʻyicha uchrashuvlar boʻlib oʻtmoqda. Unda AQSh boshqa bir qator mamlakatlar bilan birga Afgʻonistonning bank va iqtisodiy faoliyatiga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qilishga vaʻʻda berdi. Tolibon ushbu vaʻʻdani olqishladi. “Rossiya, Xitoy, Eron, Pokiston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, AQSh va Islom hamkorlik tashkilotining pozitsiyasi olqishga loyiq”, - dedi Tolibon vakili Zabihulloh Mujohid.
-
Ukrainada 18 iyunʻ kuni suiqasdga uchragan qozogʻistonlik muxolifatchi jurnalist Aydos Sadikov qariyb ikki hafta jonlantirish boʻlimida yotgach, hayotdan koʻz yumdi. Jurnalist va uning rafiqasi 1 milliondan ortiq obunachiga ega «Baza» YouTube-kanalini boshqargan hamda Qozogʻiston rahbariyatini tanqid qilib kelgan. Ukraina politsiyasi jurnalistga suiqasd uyushtirgan ikki qozogʻistonlik shaxsini aniqladi, ulardan biri taslim boʻlgan, ikkinchisi qidiruvda.
-
Qurʻʻoni karim - Allohning kalomidir. Undan bir qator gʻaybiy xabarlar ham oʻrin olgan boʻlib, ushbu gʻaybiy xabarlarga bagʻishlangan risolamizning beshinchi qismida Nuh toʻfoni haqida suhbatlashamiz.
-
Uchrashuvda Afgʻonistonda yuzaga kelayotgan vaziyat muhokama qilinib, afgʻon xalqiga gumanitar yordamni kengaytirish, jahon hamjamiyatining bu mamlakatga nisbatan umumiy strategiyasini ishlab chiqish zarurligi taʻʻkidlangan. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni “Oliy darajali doʻstlik” ordeni bilan mukofotlagan.
-
Mamlakatda mazkur muddatdan koʻproq vaqt mobaynida boʻlishni istagan oʻzbekistonliklar Oʻmonga kirish paytida aeroportning oʻzida kirish vizasini rasmiylashtirishlari mumkin. Maʻʻlumot uchun, yangi qaror 14 iyundan kuchga kirgan.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 269 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
AQShda politsiyachi Mʻyanmadagi genotsiddan qochib, okean ortiga boshpana izlab borgan musulmon oilaning 13 yoshli farzandini otib oʻldirdi. Rasmiylar ushbu hodisada politsiyachini oqlab, bolaning qoʻlida oʻyinchoq qurol boʻlganini sabab qilib keltirmoqda. Politsiyachining oʻzi esa bola va uning sherigi Manxetten shimoli-gʻarbidagi doʻkonni umargan talonchilarga juda oʻxshashligini bahona qilgan