-
Volgaboʻyi musulmonlari diniy boshqarmasi boshligʻi, muftiy Muqaddas-Hazrat Bibarsov Dogʻiston muftiyatining niqobni “vaqtinchalik” taqiqlash toʻgʻrisidagi fatvosini tanqid qildi. “Dogʻiston muftiyati mamlakatdagi diniy vaziyatni chayqatayotganlarning yoʻl-yoʻrigʻiga ergashgani juda achinarli...” deb yozdi u.
-
Исроил Ғазо секторида босқинчилик ва қирғинбарот урушини бошлаганига 272 кун бўлди. 24 соат давомида Ғазо сектори, Иордан дарёсининг Ғарбий соҳили ҳамда бутун Яқин Шарқ ҳудудида содир бўлган асосий воқеалар.
-
Ozarbayjonning Armaniston ishgʻolidan ozod qilingan Shusha shahrida 5-6 iyulʻ kunlari Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʻʻzo davlatlar rahbarlari sammiti boʻlib oʻtadi. “Transport aloqalari orqali barqaror kelajakni qurish va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish” mavzusidagi sammit tashkilotning asosiy masalalari va kun tartibi boʻyicha yuqori darajadagi muhokamalar uchun platforma boʻlib xizmat qilishi kutilmoqda.
-
Prezident imzolagan yangi qonunga koʻra, endilikda Oʻzbekistonda Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi. Mazkur qonun talablarini bajarmagan tadbirkorlar BHMning 200 baravari (hozirda - 68 mln soʻm) miqdorida jarimaga tortiladi. Shuningdek, litsenziya olish uchun BHMning 10 baravari (3,4 mln soʻm) miqdoridagi davlat boji ushbu sohadagi vakolatli organ sifatida belgilangan Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga toʻlanadi.
-
Ostona shahrida Qozog‘iston raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotining 24-sammiti boshlandi. “Ko‘p tomonlama muloqotni mustahkamlash: barqaror tinchlik va taraqqiyotga intilish” shiori ostida o‘tkazilayotgan sammitning asosiy kun tartibi dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal etishda ShHT rolini kuchaytirishdan iborat. ShHT+ formatidagi sammitda 16 davlatning davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, BMT, IHT, Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Islom tashkiloti, MDH, MDH kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda. Sammit davomida Belarov ShHTning 10-a’zosi bo‘ldi.
-
Isroil meros ishlari vaziri Amikay Eliyaxu ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilikni Gʻazo sektori, Gʻarbiy Sohil va Sinay yarim orolini oʻz ichiga olgan Isroil xaritasi tushirilgan futbolkalarni sotib olishga chaqirdi. Eliyaxu oʻta oʻngchi siyosatchi – milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir etakchilik qiladigan «Otsma Yexudit» partiyasi aʻʻzosi hisoblanadi. Xarita esa Isroil Misrning Sinay yarim oroliga ham koʻz tikkanidan darak beradi.
-
Исроил Ғазо секторида босқинчилик ва қирғинбарот урушини бошлаганига 271 кун бўлди. 24 соат давомида Ғазо сектори, Иордан дарёсининг Ғарбий соҳили ҳамда бутун Яқин Шарқ ҳудудида содир бўлган асосий воқеалар.
-
Turkiya va Isroil pasportlariga ega eng kamida 4 ming sionist 7 oktyabrdan keyin Gʻazoga borib, Isroil armiyasi safida falastinliklarni qirishda ishtirok etmoqda. Ularning 65 tasi jabhada oʻldirilgan, 110 tasi esa turli darajada yarador qilingan. Turkiye gazetasi maʻʻlumotlariga koʻra, Turkiyada ikki fuqarolikka ega 20 ming, Isroilda esa 250 ming isroillik yashaydi. Isroilning “Temir gumbaz” tizimiga masʻʻul general ham Turkiya fuqaroligiga egaligi aniqlangan.
-
Dogʻiston muftiyatining fatvo boʻlimi niqobni vaqtinchalik taqiqlash boʻyicha fatvo chiqardi. Unga koʻra, taqiq respublika aholisi xavfsizligiga tahdidlar mavjudligi sabab qilib koʻrsatildi va mazkur xavf-xatarlar bartaraf etilib, “yangi fatvo” chiqquniga qadar amalda boʻladi. Avvalroq Dogʻiston muftiyati niqobni butunlay taqiqlash uchun etarlicha islomiy asoslar topa olmaganini eʻʻlon qilgan, biroq anʻʻanaviy liboslarni kiyishni “mahalliy darajada taqiqlash”ga ruxsat bergandi.
-
Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim Indoneziya bilan birgalikda Gʻazoga tinchlikparvar kuchlarni yuborishga tayyorligini bildirdi. Buning uchun BMT ruxsati (mandati) talab qilinadi.