Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 272 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Shujayi hududi va Nuseyrat lageriga hujum qildi. 24 soat ichida 45 kishi halok boʻldi, 125 kishi yaralandi. Urush boshlanganidan beri 37 953 kishi halok boʻldi.

▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Falastin erlarining soʻnggi 30 yildagi eng yirik bosib olinishini maʻʻqulladi.

▪️Al-Qassam brigadalari Shujayi hududida bosqinchilar boʻlgan binoni portlatib yubordi.

▪️Hizbulloh boʻlinma komandiri Muhammad Nosirning bosqinchilar tomonidan oʻldirilganiga javoban Isroil pozitsiyalariga 100 dan ortiq «Katyusha» raketalarini otdi.

▪️ The New York Times: Qatar Hamasdan Baydenning taklifiga ijobiy javob oldi.

▪️YuNRVA: Soʻnggi 3 kun ichida Isroilning Mavasi lageriga uyushtirgan hujumlari tufayli 250 ming falastinlik hududni tark etishga majbur boʻldi.

▪️Gʻazo shimolidagi Jabaliya lagerida oziq-ovqat va suv etishmasligi tufayli vaziyat halokatli darajaga etdi.

▪️Falastin tarafdori faollar Avstraliya parlamenti tomiga “Falastin daryodan dengizgacha ozod boʻladi”, “Unutmaymiz, kechirmaymiz va qarshilik koʻrsatishda davom etamiz” degan yozuvli plakatlarni ochib qoʻyishdi.

▪️Rossiyaning BMTdagi vakili Vasiliy Nebenzya: Rossiya Falastinga gumanitar yordam koʻrsatishda davom etadi.

Mavzuga aloqador