Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi
Prezident imzolagan yangi qonunga koʻra, endilikda Oʻzbekistonda Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi. Mazkur qonun talablarini bajarmagan tadbirkorlar BHMning 200 baravari, hozirda 68 mln soʻm miqdorida jarimaga tortiladi. Shuningdek, litsenziya olish uchun BHMning 10 baravari (3,4 mln soʻm) miqdoridagi davlat boji ushbu sohadagi vakolatli organ sifatida belgilangan Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga toʻlanadi.
Din
ishlari boʻyicha qoʻmita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ boʻladi. Umra
tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha faoliyat uchun litsenziya olish
sohasidagi huquqbuzarlik BHMning 200 baravari miqdorida jarima solishga sabab
boʻladi.
Oʻzbekiston
prezidenti Shavkat Mirziyoev Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha
xizmatlar koʻrsatishga doir faoliyat litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi
sifatida belgilashni koʻzda tutgan qonunni imzoladi.
“Litsenziyalash,
ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonunga
kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchaga koʻra, Din ishlari boʻyicha qoʻmita mazkur
sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ boʻladi.
Shuningdek,
Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha faoliyat uchun litsenziya olish
sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar
miqdorlari BHMning 200 baravari (68 mln soʻm) etib belgilandi.
Bundan
tashqari, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, Din
ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha
faoliyatini litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji BHMning 10 baravari (3,4
mln soʻm) etib belgilandi.
Qonun
rasmiy eʻʻlon qilingan kundan eʻʻtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.