Isroilning koʻzi Misrda
Hurmatli Ilyos
Isroil meros ishlari vaziri Amikay Eliyaxu ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilikni Gʻazo sektori, Gʻarbiy Sohil va Sinay yarim orolini oʻz ichiga olgan Isroil xaritasi tushirilgan futbolkalarni sotib olishga chaqirdi. Eliyaxu oʻta oʻngchi siyosatchi – milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir etakchilik qiladigan «Otsma Yexudit» partiyasi aʻʻzosi hisoblanadi. Xarita esa Isroil Misrning Sinay yarim oroliga ham koʻz tikkanidan darak beradi.
Radikal
qarashlari bilan tanilgan Isroil meros ishlari vaziri Amikay Eliyaxu X ijtimoiy
tarmogʻidagi sahifasiga Sinay yarim orolini qayta bosib olishga chaqiruvchi fikrlarini
qaytadan joylashtirdi, deya xabar qildi TRT.
Tvitda
jamoatchilik Gʻazo sektori, Gʻarbiy Sohil va Sinay yarimorolini oʻz ichiga olgan
Isroil xaritasi tushirilgan futbolkalarni sotib olishga chaqirilgan. Xarita ichida
esa "Hozir
ishgʻol qilish"
shiori oʻrin olgan.
Eliyaxu – Isroilning
oʻta oʻngchi «Otsma Yexudit» partiyasi
aʻʻzosi boʻlib, ushbu partiyaga boshqa
oʻng qanot siyosatchi – mamlakat milliy
xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir etakchilik qiladi.
2023
yilda Eliyaxu Gʻazo sektorida yadro qurolidan foydalanish taklifi bilan xalqaro
eʻʻtiborni oʻziga tortgan edi.
2024
yilda esa Ramazon oyi oldidan musulmonlarning muqaddas oyini “bekor qilish”ga
chaqirdi. Vazirning oʻzi Gʻarbiy Sohildagi Rimonim nomli noqonuniy aholi
punktida istiqomat qiladi.
Shuni ham eslatib oʻtish joizki, Isroil 1967 yilgi Yaqin Sharq
urushi natijasida Sinay yarim orolini bosib olgan, biroq bu hudud 1979 yilgi Kemp Devid kelishuviga binoan
1982 yilda Misrga qaytarilgan.