Ostonada Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti boshlandi
Ostonada Qozogʻiston raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotining 24-sammiti ish boshladi. “Koʻp tomonlama muloqotni mustahkamlash: barqaror tinchlik va taraqqiyotga intilish” shiori ostida oʻtayotgan sammitning asosiy kun tartibi dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal etishda ShHT rolini kuchaytirishdan iborat boʻladi. ShHT+ formatidagi sammitda 16 mamlakat davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, BMT, IHTT, Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha Islom tashkiloti, MDH, KXShT kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda. Sammit davomida Belaruv ShHTning 10-toʻlaqonli aʻʻzosi boʻldi.
Ostona
shahrida Qozogʻiston raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʻʻzo davlatlar
rahbarlarining 24-sammiti boshlandi. ShHT+ formatidagi sammitda 16 davlatning
davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etmoqda.
Sammitda
Turkiya, Moʻgʻuliston, Ozarbayjon, Qatar, BAA va Turkmaniston rahbarlari ham
kuzatuvchi va muloqot boʻyicha hamkor sifatida ishtirok etmoqda.
Bir qator
xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti,
Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha konferentsiya, Oziq-ovqat xavfsizligi
boʻyicha Islom tashkiloti, Mustaqil davlatlar Hamdoʻstligi, Kollektiv xavfsizlik
shartnomasi tashkiloti, Evroosiyo iqtisodiy komissiyasi kabi qator xalqaro tashkilotlar
ham yuqori darajada taqdim etilgan.
“Koʻp tomonlama muloqotni mustahkamlash: barqaror tinchlik va
taraqqiyotga intilish” shiori ostida oʻtayotgan sammitning asosiy kun tartibi
dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal etishda ShHT rolini kuchaytirishdan
iborat boʻladi.
Rahbarlar barqarorlikni taʻʻminlash uchun birinchi navbatda
xalqaro savdo va iqtisodiyotga eʻʻtibor qaratish niyatida. Sammitda mintaqaviy
xavfsizlik, infratuzilma, energetika, ekologiya, sogʻliqni saqlash, turizm,
taʻʻlim, raqamlashtirish, transport va logistika masalalari ham muhokama qilinadi.
Sammit yakunlari boʻyicha turli sohalarga oid 20 dan ortiq
hujjatlar, jumladan, ShHTning dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar boʻyicha
pozitsiyasi va istiqbolli tadqiqotlari boʻyicha oʻz ifodasini topgan Ostona
deklaratsiyasi, shuningdek, “ShHTning
2035 yilgacha rivojlanish strategiyasi” hamda 2030 yilgacha ShHTning energetika hamkorligini
rivojlantirish strategiyasi”ni
qabul qilish rejalashtirilgan.
Terrorizmga
qarshi kurash sammit
kun tartibidagi muhim mavzulardan biri boʻladi. Tadbirda “2025-2027 yillarga
moʻljallangan terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha
hamkorlik dasturi” va “ShHTning 2024-2029 yillarga moʻljallangan narkotiklarga
qarshi kurash strategiyasi” muhokama qilinadi.
Belarus Shanxay hamkorlik tashkilotiga toʻla huquqli aʻʻzo
boʻldi. Tegishli qaror Ostona shahrida boʻlib oʻtgan ShHTga aʻʻzo davlatlar Davlat
rahbarlari kengashining yigʻilishida imzolandi.
Shunday qilib, Belarus ShHTning toʻliq huquqli, oʻninchi aʻʻzosiga
aylandi. Tashkilotda Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Pokiston,
Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston ham xuddi shunday maqomga ega.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga asos solgan Rossiya, Xitoy,
Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston rahbarlari birinchi marta 1996 yilda
Shanxayda yigʻilib, Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi chegara barqarorligini taʻʻminlash
boʻyicha shartnoma imzolagan edi.
Dastlab tashkilot "Shanxay beshligi" deb nomlandi, biroq 2001 yilda Oʻzbekiston
tashkilotga aʻʻzo boʻlganidan
soʻng u Shanxay hamkorlik tashkiloti nomini oldi. 2017 yilda tashkilotga
Hindiston va Pokiston, keyinroq esa Eron aʻʻzo boʻldi.
Shanxay hamkorlik tashkilotida kuzatuvchi davlatlar –
Moʻgʻuliston va Afgʻoniston, muloqot boʻyicha hamkorlar – Turkiya, Ozarbayjon, Misr,
Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Qatar, Armaniston,
Kambodja, Quvayt, Maldiv orollari, Myanʻma, Nepal va Shri-Lanka.
ShHTning asosiy maqsadlari qatoriga aʻʻzo davlatlar oʻrtasida
oʻzaro ishonchni mustahkamlash, mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni
saqlash maqsadida hamkorlikni rivojlantirish, terrorizmga qarshi birgalikda
kurashish, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va madaniy hamkorlikni kengaytirish
kiradi.
ShHT Bosh kotibiyati Pekinda, Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi esa Toshkentda faoliyat
yuritadi.
Sammitdan soʻng ShHTga raislik Xitoyga oʻtadi.