Shusha turkiy davlatlar rahbarlarini qabul qiladi
Ozarbayjonning Armaniston ishgʻolidan ozod qilingan Shusha shahrida 5-6 iyulʻ kunlari Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʻʻzo davlatlar rahbarlari sammiti boʻlib oʻtadi. “Transport aloqalari orqali barqaror kelajakni qurish va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish” mavzusidagi sammit tashkilotning asosiy masalalari va kun tartibi boʻyicha yuqori darajadagi muhokamalar uchun platforma boʻlib xizmat qilishi kutilmoqda.
Ozarbayjonning
Armaniston ishgʻolidan ozod qilingan Shusha shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Turkiy
Davlatlar Tashkilotining Shusha sammiti sanasi va dasturi maʻʻlum boʻldi. TDT matbuot xizmati xabariga koʻra,
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev tashabbusi bilan tashkil etilgan sammit 5-6
iyulʻ kunlari Shusha shahrida boʻlib oʻtadi.
Tadbirda aʻʻzo
davlatlar - Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston rahbarlari ishtirok
etadi. Ular bilan birga kuzatuvchi davlatlar rahbarlari va TDT bosh kotibi
Kubanichbek Omuralievning ham qatnashishi kutilmoqda.
“Transport
aloqalari orqali barqaror kelajakni qurish va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish”
mavzusidagi sammit tashkilotning asosiy masalalari va kun tartibi boʻyicha yuqori
darajadagi muhokamalar uchun platforma boʻlib xizmat qilishi kutilmoqda.
Sammit
yakunlari boʻyicha Qorabogʻ deklaratsiyasi hamda boshqa bir qator muhim hujjatlarni
imzolash rejalashtirilgan.