Turkiya va Isroil pasportlariga ega eng kamida 4 ming sionist 7 oktyabrdan keyin Gʻazoga borib, Isroil armiyasi safida falastinliklarni qirishda ishtirok etmoqda. Ularning 65 tasi jabhada oʻldirilgan, 110 tasi esa turli darajada yarador qilingan. Turkiye gazetasi maʻʻlumotlariga koʻra, Turkiyada ikki fuqarolikka ega 20 ming, Isroilda esa 250 ming isroillik yashaydi. Isroilning “Temir gumbaz” tizimiga masʻʻul general ham Turkiya fuqaroligiga egaligi aniqlangan.

Turk pasportiga ega 4 ming sionist 7 oktyabrdan keyin Gʻazoga borib, Isroil uchun qirgʻin qildi. Ulardan 65 nafari frontda oʻldirildi, deb yozmoqda Turkiye gazetasi.

Nashr Turkiyada ikki fuqarolikka ega 20 mingga yaqin isroillik yashaydi, Isroilda esa ular soni 250 ming atrofida. Bu odamlar Isroilda harbiy xizmatni ado etishadi.

Gʻazo urushi boshlanishi bilan toʻrt ming turk isroillik Falastin anklavidagi Isroil askarlariga yordam berish uchun ketdi.

Qayd etilishicha, turk isroilliklarining katta qismi Isroilga toʻgʻridan-toʻgʻri Turkiyadan emas, balki uchinchi davlatlar orqali fitna uyushtirish maqsadida kirib kelgan. Bunda ularga «Chabad», “Doʻstlar uyushmasi”, “Isroildagi Turk xalqlari ittifoqi” kabi tashkilotlar faol yordam berdi.

Gazetaning yozishicha, Gʻazoda kamida 65 nafar turk isroillik halok boʻlgan, yana 110 ga yaqini turli yoʻllar bilan yaralangan. Bundan tashqari, Isroil harbiy rahbariyati Turkiya fuqarolariga muhim vazifalarni yuklashi aytiladi. Masalan, Isroilning “Temir gumbaz” tizimiga masʻʻul general Turkiya fuqaroligiga ega boʻlgan.

Mavzuga aloqador