Turkiya AQSh va Britaniya fuqarolari ustidan nazoratni kuchaytirdi
Turkiya razvedkasi mamlakatga tashrif buyurgan AQSh va Britaniya fuqarolari ustidan nazoratni kuchaytirdi. Bunga ushbu davlatlarning ayrim fuqarolari prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon hukumatini beqarorlashtirish maqsadida aygʻoqchi va pudratchi sifatida faoliyat koʻrsatayotgan boʻlishi mumkinligi sabab ekani aytilmoqda.
Turkiya
razvedkasi mamlakatga tashrif buyurgan AQSh va Britaniya fuqarolari ustidan
nazoratni kuchaytirdi, deya xabar qildi Nordic Monitor Skandinaviya tadqiqotlar va
monitoring nodavlat tashkiloti. Bunga ushbu davlatlarning ayrim fuqarolari prezidenti
Rajab Toyyib Erdoʻgʻon hukumatini beqarorlashtirish maqsadida aygʻoqchi va pudratchi
sifatida faoliyat koʻrsatayotgan boʻlishi mumkinligi sabab ekani aytilmoqda.
Qayd
etilishicha, buning uchun MİT turk razvedka xizmati jurnalistlar, tadqiqotchilar,
akademiklar va nodavlat-notijorat tashkishlotlar xodimlari orasidan potentsial
josuslarni aniqlash uchun maʻʻlumotlarni tahlil qilish algoritmlaridan
foydalanilgan maxsus dasturni ishlab chiqqan.
Algoritm
turli koʻrsatkichlarni, jumladan, baʻʻzi kasblar, tez-tez tashrif buyuradigan
joylar, hamkorlar, xabarlarda ishlatiladigan kalit soʻzlar, Internet-trafik,
xatti-harakatlar namunalari va boshqalarni tahlil qiladi.
Bunday
chora-tadbirlar deportatsiya qilish va yashash uchun ruxsatnomani uzaytirishni rad etish
holatlariga olib kelmoqda. Turkiya rasmiylari mazkur choralarni milliy
xavfsizlikni himoya qilish zarurati bilan oqlamoqda, Gʻarb davlatlari esa siyosiy
sabablarga koʻra hibsga olishlar va tekshiruvlar oʻtkazilayotganidan xavotir
bildirmoqda.
Koʻplab
Gʻarb nodavlat tashkilotlari ham Turkiyadagi loyihalari orqali josuslikda va
beqarorlikda ayblanib, nazorat ostiga olingan. Ushbu choralar tanqidlarga sabab
boʻldi va Gʻarb davlatlarining Turkiyaga sayohat qilishda ehtiyotkor boʻlish haqida
ogohlantirishlariga olib keldi.