03.07.2024 16:10

Londondagi masjid terror hujumi tahdidi ortidan evakuatsiya qilindi

Sharqiy Londondagi masjidga terror hujumi tahdidi kelib tushganidan keyin 700 dan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Uaytchapelda joylashgan mamlakatdagi eng yirik masjidlardan biriga bomba qoʻyilgani haqida anonim elektron xat kelib tushgan.

Masjid rahbariyati zudlik bilan politsiyaga murojaat qilgan, yuzlab odamlar, jumladan, yaqin atrofdagi uchta maktab oʻquvchilari evakuatsiya qilingan. Voqea joyiga tezda etib kelgan politsiya binoni tekshirdi. Tahdid tasdiqlanmadi, ammo nafrat bilan bogʻliq ehtimoliy jinoyat boʻyicha tergov olib borilmoqda.

Tezkor tadbirlar natijasida masjidning 37 yillik tarixida birinchi marta shom azoni aytilmadi, deb yozadi Yahoo!News.

Masjid tahdid ortidan xavfsizlikni ikki baravar oshirdi va huquq-tartibot idoralari voqeaga jiddiy yondashayotganiga ishontirish orqali jamiyatni tinchlantirishga shoshildi.

London masjidi tahdid qilinganidan bir soat oʻtib, Ilforddagi islomiy boshlangʻich maktabga islomofobik xat keldi. Maktubda Gʻazodagi voqealarga havolalar va Isroilni qoʻllab-quvvatlovchi bayonotlar oʻrin olgan.

Mavzuga aloqador