-
AQSh Kongressining Vakillar palatasi minimal koʻpchilik ovoz bilan Isroilga uzluksiz qurol etkazib berishni nazarda tutuvchi respublikachilar qonun loyihasini maʻʻqulladi. Kongressda qonun loyihasini 224 senator qoʻllab-quvvatladi, 187 nafari esa qarshi ovoz berdi.
-
Daniya bayrogʻi ostida suzib yurgan Marianne Danica ekipaj aʻʻzolari 21 may kuni portga kirishni soʻrashgan. Biroq, Ispaniya tashqi ishlar vazirligi genotsidda ayblanayotgan Isroil uchun qurol va oʻq-dorilar olib ketayotgan kemaning Ispaniya portiga kirishini rad etdi. Aniqlanishicha, kemada 12 tonna raketa, 1,5 tonna portlovchi va 740 kilogramm boshqa harbiy materiallar boʻlgan.
-
Havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari Qrim yarim oroli hududida 51ta, Krasnodar oʻlkasi hududida 44ta, Belgorod viloyati hududida 6ta va Kursk hududida bitta dronni yoʻq qildi va tutib oldi”, - deyiladi Rossiya departamenti bayonotida. Qora dengiz floti patrulʻ katerlari dengizda oltita haydovchisiz katerni yoʻq qilganini maʻʻlum qildi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 224 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Avstraliyalik sobiq harbiy advokat Devid Makbrayt 2005-2016 yillar oraligʻida Avstraliya maxsus kuchlari tomonidan Afgʻonistonda koʻplab qurolsiz erkaklar, bolalar va tinch aholi oʻldirilganini fosh qilgani uchun 6 yilga qamaldi.
-
Frantsiyaning maxsus subʻʻekti - Yangi Kaledoniya shiddatli tartibsizliklar sahnasiga aylandi
-
Uolter Martin ismli shaxs Brovard okrugidagi Fort-Loderdeyl xalqaro aeroportida hijobli musulmon ayolga ogʻzaki tajovuz qilgan, uni turli behayo soʻzlar bilan haqoratlagan. Amerika-Islom munosabatlari kengashining Florida boʻlimi islomofob jangarilarga qarshi ayblovlar qoʻyilishini olqishladi.
-
Oʻzbekiston Afgʻonistondan 1 mln tonnadan ortiq koʻmir import qilish, shuningdek, Mozori Sharifdagi Imom Al-Buxoriy madrasasida qurilish ishlarini boshlash, Transafgʻon temiryoʻli loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish loyihalarini amalga oshirish niyatida, deb xabar berdi Afgʻoniston TIV.
-
AQSh Federal Qidiruv Byurosi (FQB) isroillik tarixchi Ilan Pappeni Detroyt aeroportida Falastinning HAMAS harakatini qoʻllab-quvvatlagani uchun hibsga olindi. U 2 soat davomida soʻroq qilingan, FQB xodimlari undan HAMAS tarafdorimi, Isroilning Gʻazo sektoridagi harakatlarini genotsid deb hisoblashi, Isroil-Falastin mojarosining echimi toʻgʻrisida soʻragan. Shuningdek, mobil telefoni tekshiruvga olib ketilgan.
-
Eronning Mashhad shahrida kuchli yomgʻir keltirib chiqargan suv toshqini oqibatida etti kishi halok boʻldi. Mashhad munitsipaliteti rahbari Mohsen Daverining aytishicha, toshqindan jabrlangan kamida 250 oila shaharning xavfsizroq joylariga evakuatsiya qilingan. Shahardagi jami 150 ta uy suv toshqinidan zarar koʻrgan. 12 kishi bedarak yoʻqolgan.