16.05.2024 16:02
Eronda suv toshqinlari 7 kishining hayotiga zomin boʻldi
Eronning Mashhad shahrida kuchli yomgʻir keltirib chiqargan suv toshqini oqibatida etti kishi halok boʻldi. Mashhad munitsipaliteti rahbari Mohsen Daverining aytishicha, toshqindan jabrlangan kamida 250 oila shaharning xavfsizroq joylariga evakuatsiya qilingan. Shahardagi jami 150 ta uy suv toshqinidan zarar koʻrgan. 12 kishi bedarak yoʻqolgan.
gʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻ
Eronning Razaviy Xuroson viloyatining Mashhad shahrida kuchli yomgʻir keltirib chiqargan suv toshqini oqibatida etti kishi halok boʻlgan, 12 kishi bedarak yoʻqolgan. Bu haqda shahar yongʻin xavfsizligi xizmati rahbari Hamidrizo Kafiniya maʻʻlum qildi, deb yozadi IRNA.
Uning soʻzlariga koʻra, yongʻin xavfsizligi xizmati xodimlari 15 may, chorshanba kunidan beri suv toshqinidan jabr koʻrgan aholiga yordam koʻrsatishda davom etmoqda.
Qidiruv va qutqaruv ishlari davom etmoqda, dedi Kafiniya.
Xuroson Razaviy viloyati Qizil Yarim Oy jamiyati rahbari Mohsin Zokiriyan, oʻz navbatida, 12 kishi bedarak yoʻqolgan deb hisoblanishiga aniqlik kiritdi.
Mashhad munitsipaliteti rahbari Mohsen Daverining aytishicha, toshqindan jabrlangan kamida 250 oila shaharning xavfsizroq joylariga evakuatsiya qilingan.
Daverining soʻzlariga koʻra, shahardagi jami 150 ta uy suv toshqinidan zarar koʻrgan