AQSh Federal Qidiruv Byurosi (FQB) isroillik tarixchi Ilan Pappeni Detroyt aeroportida Falastinning HAMAS harakatini qoʻllab-quvvatlagani uchun hibsga olindi. U 2 soat davomida soʻroq qilingan, FQB xodimlari undan HAMAS tarafdorimi, Isroilning Gʻazo sektoridagi harakatlarini genotsid deb hisoblashi, Isroil-Falastin mojarosining echimi toʻgʻrisida soʻragan. Shuningdek, mobil telefoni tekshiruvga olib ketilgan.
AQSh Federal Qidiruv Byurosi (FQB) isroillik tarixchi Ilan Pappeni Detroyt aeroportida Falastinning HAMAS harakatini qoʻllab-quvvatlagani uchun hibsga oldi. Bu haqda professor Facebook sahifasida maʻʻlum qildi.
Pappening soʻzlariga koʻra, ikki soatga yaqin davom etgan soʻroq paytida uning mobil telefoni olib ketilgan.
Olimning soʻzlariga koʻra, FQB xodimlari undan HAMAS tarafdorimi, Isroilning Gʻazo sektoridagi harakatlarini genotsid deb hisoblashi, Isroil-Falastin mojarosining echimi toʻgʻrisida soʻragan.
Pappening qoʻshimcha qilishicha, FQB uning Qoʻshma Shtatlardagi arab va musulmon doʻstlari, ular bilan munosabatlarining mohiyatini surishtirgan.
Tarixchining soʻzlariga koʻra, soʻroq paytida agentlar uzoq vaqt telefonda, taxminiy Isroil rasmiylari vakillari bilan gaplashgan.
Ilan Pappe telefonidagi barcha maʻʻlumotlar nusxalangandan keyingina uni tark etishga ruxsat berilgan.
Eslatib oʻtamiz, 8 mart kuni professor Ilan Pappe Buyuk Britaniyada Islomiy Inson huquqlari komissiyasi yigʻilishida Isroilning Gʻazo sektoridagi tajovuzi “Falastin tarixidagi eng qorongʻu lahzaga” aylanishi mumkinligini aytgandi.

Mavzuga aloqador