Avstraliya sobiq harbiy advokat 60 yoshli Devid Makbraydni avstraliyalik askarlarning Afgʻonistonda urush jinoyatlari sodir etganini koʻrsatuvchi hujjatlarni oshkor qilgani uchun besh yilu sakkiz oyga qamoq jazosiga hukm qildi.
Mamlakatning "birinchi maʻʻlumot tarqatuvchisi" nomini olgan va Julian Assanjga qiyoslangan Makbrayd jurnalistlarga maxfiy hujjatlarni oshkor qilgan va 2005-2016 yillar oraligʻida Avstraliya maxsus kuchlari tomonidan Afgʻonistonda koʻplab qurolsiz erkaklar, bolalar va tinch aholi oʻldirilganini fosh qilgan.
"Men qonunni buzgan boʻlishim mumkin, lekin men Avstraliya xalqi va bizni xavfsiz saqlayotgan askarlar oldidagi qasamimni buzmadim", dedi Makbrayd hukm chiqarishdan oldin.

Mavzuga aloqador