17.05.2024 14:02
Ispaniya Isroil uchun qurol olib ketayotgan kemani portga kiritmadi
Daniya bayrogʻi ostida suzib yurgan Marianne Danica ekipaj aʻʻzolari 21 may kuni portga kirishni soʻrashgan. Biroq, Ispaniya tashqi ishlar vazirligi genotsidda ayblanayotgan Isroil uchun qurol va oʻq-dorilar olib ketayotgan kemaning Ispaniya portiga kirishini rad etdi. Aniqlanishicha, kemada 12 tonna raketa, 1,5 tonna portlovchi va 740 kilogramm boshqa harbiy materiallar boʻlgan.
“Biz buni birinchi marta qilyapmiz, chunki biz birinchi marta Isroilga qurol olib ketayotgan kema Ispaniya portiga kirmoqchi ekanligini aniqladik. Taʻʻminotni toʻldirish uchun kemani toʻxtatishni taqiqlash izchil va bizning siyosatimizga mos keladi”, dedi Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares jurnalistlarga.
Shuningdek, vazir Ispaniya siyosati Isroilga yuboriladigan harbiy materiallarga yangi eksport litsenziyalarini bermaslik tarafdori ekanini qoʻshimcha qildi.
Ayni vaqtda bir qator nodavlat tashkilotlari Ispaniya janubidagi Kartaxena portida Isroil uchun qurol-yarogʻ ham olib ketayotgan «Borkum» kemasi qirgʻoqqa yaqinlashganidan soʻng norozilik namoyishi uyushtirgan.
Falastin ishgʻoliga qarshi birdamlik tarmogʻi nohukumat tashkilotining bildirishicha, kemada 12 tonna raketa, 1,5 tonna portlovchi va 740 kilogramm boshqa harbiy materiallar boʻlgan.
Borkumga portga oʻtishga ruxsat berilmadi, kema qirgʻoqdan uzoqda langar tashladi. Koalitsion hukumatning kichik hamkori boʻlgan Sumar alʻyansi va muxolifatdagi Podemos partiyasi prokurorlardan kema yukini tekshirishni soʻradi.
Ayni paytda hukumat manbalari matbuotga kemaning yakuniy manzili Isroil emas, Chexiya ekanligini aytdi.