20.05.2024 13:45
803
Bombalanayotgan Gʻazo: 227-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 227 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Bosqinchilar Jabaliya, Rafah, Nusayrat lageri, Xon Yunis, az-Zaytun hududi va Shayx Radvanga hujum qildi. Kun davomida bosqinchilar 8 marta qirgʻin qildi, natijada 70 kishi halok boʻldi, 110 kishi yaralandi. Urush boshlanganidan beri jami 35456 kishi shahid boʻldi.
▪️Kechagi vertolyotning qulashi natijasida islomiy qarshilik harakati safdoshlari – Eron prezidenti Ibrohim Raisi va Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdulahyan hamda ularga hamroh boʻlganlar halok boʻldi.
Eron prezidenti halokatga uchragan vertolyotni qidirishda yordam qoʻlini choʻzgan davlatlar va etakchilar: Rossiya, Turkiya, Misr, BAA, Xitoy, Yaman, Qatar, Saudiya Arabistoni, Ozarbayjon, Venesuela, Hindiston, Iordaniya, 47 nafar mutaxassis va texnika yuborildi. Livan, Ummon, Afgʻoniston, Armaniston, HAMAS harakati va BMT Bosh kotibi.
▪️Chegara bilmas shifokorlar: Isroil tanklari Gʻazo shimolidagi Al-Auda kasalxonasini oʻqqa tutdi. Hozir bemorlar va shifokorlar joylashgan shifoxona qamalda.
▪️Al-Qassam brigadalari Rafahdagi piyoda askarlar otryadiga hujum qilib, Nitsarim oʻqida Merkava tankini yoʻq qildi.
Iroq qarshilik kuchlari: Bizning jangchilarimiz Umm ar-Rashrashdagi (Eilat-ibroniycha) muhim obʻʻektga hujum qilishdi.
▪️Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim: AQSh Gʻazo aholisini genotsid qilishda ishtirok etadi.