21.05.2024 11:11

Ibrohim Raisiy vafoti munosabati bilan 7 davlatda milliy motam eʻʻlon qilindi


Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyot halokati natijasida vafot etgani munosabati bilan mamlakatda 5 kunlik motam eʻʻlon qilindi. Shuningdek, Turkiya, Suriya, Livan, Iroq, Hindiston, Pokiston va Tojikistonda ham milliy motam eʻʻlon qilindi.
19 may kuni Eron prezidenti Ibrohim Raisiy hamda unga hamrohlik qilayotgan mamlakat tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdulaxyan, Sharqiy Ozarbayjon gubernatori Malik Rahmatiy va Tabriz imomi Muhammad Ali al-Hoshem vertolyot qulashi natijasida halok boʻlgan edi.
Shundan soʻng Eronda besh kunlik motam eʻʻlon qilindi. Erondan tashqari yana 7 davlat ham shu munosabat bilan milliy motam eʻʻlon qildi. Ular:
Suriya - 3 kun
Livan - 3 kun
Iroq - 1 kun
Hindiston - 1 kun
Turkiya - 1 kun
Pokiston - 1 kun
Tojikiston - 2 kun
Jumladan, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Erondagi fojia munosabati bilan bir kunlik motam eʻʻlon qilar ekan, Turkiya ogʻir kunlarda Eronning yonida turishini bildirdi.
"Eron xalqi bizning birodarlarimiz. Biz Eronning Falastin masalasini kuchli qoʻllab-quvvatlaganini har doim qadrlaganmiz. Marhum rahbarning vafotidan chuqur qaygʻudamiz. Biz sizning dardingizga sherikmiz", - dedi u.
Shu munosabat bilan butun mamlakatda bayroqlar yarmiga qadar tushirildi.

Mavzuga aloqador