20.05.2024 14:47
1065
Eronning yangi rahbari Muhammad Moxber haqida nimalar maʻʻlum?
Eronning yangi rahbari Muhammad Moxber haqida nimalar maʻʻlum?
Ibrohim Raisi vafotidan keyin Eronni tarixda birinchi marta uning vitse-prezidenti, 68 yoshli Muhammad Moxber boshqaradi, deb yozadi Al-Arabiya. U Adliya vazirligi rahbari va parlament raisi bilan birgalikda qaror qabul qiladigan uch aʻʻzolik Davlat kengashi aʻʻzolaridan biriga aylanadi. Biroq oxirgi soʻz, avvalgidek, Eron oliy rahbari Oyatulloh Xomanaiyda qoladi.
Moxber 2021 yilda Ibrohim Raisi mamlakat prezidentligiga saylanganida vitse-prezident boʻldi. U Oyatulloh Xomanaiyga yaqin va Vladimir Putin bilan ham yaxshi munosabatlarga ega. Oʻtgan yilning oktyabrʻ oyida Muhammad Moxber Moskvaga tashrif buyurgan va Eron raketalarini Rossiyaga etkazib berish boʻyicha muzokaralar olib borgan Eron delegatsiyasi tarkibida edi. Avvalroq Muhammad Moxber Xomanaiyga yaqin boʻlgan Setad sarmoya fondida ishlagan.
2010 yilda Evropa Ittifoqi Moxberni yadroviy raketalarni yaratish dasturida ishtirok etgani uchun sanktsiya qilgan. Biroq oradan ikki yil oʻtib amaldorga nisbatan sanktsiyalar bekor qilindi. Qoʻshma Shtatlar esa 2013 yilda Setad sarmoya jamgʻarmasi va boshqa 37 Eron shirkatiga qarshi sanktsiyalar kiritgan edi.
«Setad» 1979 yilgi islom inqilobidan keyingi notinch yillarda muhojirlar tashlab ketgan mulkni boshqarish uchun tashkil etilgan boʻlib, keyinchalik bu mulkdan olingan mablagʻlar xayriya ishlariga yoʻnaltirilgan. Biroq Konstitutsiyaga koʻra, vitse-prezident faqat keyingi 50 kun davomida mamlakat rahbari boʻlib qoladi, bu davrda yangi saylovlar tashkil etilishi va oʻtkazilishi kerak.