02.10.2024 07:59
Uzbekistan Airways samolyoti Tel-Avivdan kechikish bilan etib keldi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Tel-Avivdan Samarqand va Toshkentga rejalashtirilgan reysi Eron Isroil hududiga raketa zarbalari uyushtirgani sababli ikki soatga kechikdi.
1 oktyabrʻ kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY304 Tel-Aviv — Samarqand — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha Boeing 767 samolyoti parvozi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvi va havo hududining bir qismi yopilgani sababli majburiy kechiktirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Maʻʻlumotlarga koʻra, Tel-Avivdan uchish rejadagidek 20:15 emas, balki 22:14 da amalga oshirilgan. Samolyot Samarqandga 2 oktyabrʻ kuni soat 02:45 oʻrniga 04:40 da, Toshkentga esa 04:50 oʻrniga, 06:16 da etib kelgan.
Eslatib oʻtamiz, kecha tunda Eron Isroil hududiga 500 ga yaqin raketa uchirdi. Ularning katta qismi Isroil hududidagi nishonlarga kelib tushdi. Hujum sababli Tel-Avivdagi Ben Gurion aeroporti vaqtincha yopildi.