-
Ukraina «ZernoFromUA» insonparvarlik dasturi doirasida Falastinga 1000 tonna bugʻdoy yubordi. Mazkur yordam 100 mingdan ziyod falastinlik oilaning bir oylik ehtiyojini qoplaydi. Ukrainadan Gʻazoga navbatdagi gumanitar yuklar “yaqin oylarda” etkazilishi rejalashtirilgan.
-
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi. Jumladan, Qirgʻizistonning Chuy viloyatida Oʻzbekiston hamkorligida Cobalt, Onix va Tracker avtomobillarini ishlab chiqarish zavodi ish boshlagan boʻlsa, Fargʻona va Namanganda ikkita quyosh elektr stantsiyasi qurilishiga start berildi.
-
Amerikalik milliarder Ilon Mask oʻz jinsini oʻzgartirmoqchi boʻlgan maktab oʻquvchilarini himoya qilish haqidagi qonun tufayli X va SpaceX kompaniyalari shtab-kvartirasini Kaliforniyadan Texasga koʻchirmoqchi. Gap shundaki, endi Kaliforniyada maktab oʻquvchisining transgenderlikni tanlagani hatto uning ota-onasidan ham sir saqlanadi. Tadbirkor yangi tartib orqali bolalarning hayoti xavf ostida qoldirilayotganini taʻʻkidlamoqda.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 285 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
AQSh prezidentligiga nomzod Donalʻd Trampga uyushtirilgan hujum vaqtida halok boʻlgan 50 yoshli oʻt oʻchiruvchi Kori Komperatorning posti ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, 35 mlndan ortiq oʻqildi. Unda erkak sionistlarning bombardimonidan jabr koʻrayotgan falastinliklarni Ikkinchi jahon urushi davrida AQShning yadroviy hujumi qurboni boʻlgan yaponlar bilan solishtirgan.
-
Dogʻiston muftiyatida fatvolar boʻlimi qaytadan tashkil etilishi maʻʻlum qilindi. Ushbu boʻlim shariatga koʻra niqobni taqiqlash uchun asoslar topilmaganini eʻʻlon qilganidan soʻng "zamon talablariga mos kelmagani" uchun yopilgan edi.
-
Qozogʻistonda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikiston harbiylari ishtirokidagi "Birlestik-2024" xalqaro tezkor-taktik qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashgʻulotlari yakuniga etdi. Qoʻshma manyovrlarga jami 4 ming nafar harbiy xizmatchi, 700 tagacha qurol va harbiy texnika jalb qilindi.
-
Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi Rossiya qoʻshinlari safida Ukrainadagi urushda qatnashish uchun harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan, biroq jabhaga joʻnatilishdan oldin vatanga qochib ketgan fuqaroga nisbatan uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.
-
CNN AQSh hukumati Eron Donalʻd Trampga suiqasd uyushtirmoqchiligi haqidagi razvedka maʻʻlumotlari olgani, shu boisdan Maxsus xizmat sobiq prezident atrofida xavfsizlik choralarini kuchaytirganini maʻʻlum qildi. Biroq bunday choralar oʻz samarasini bermadi, shu bilan birga, manbalar 20 yoshli yigitning fitnaga aloqadorligi haqida hech qanday maʻʻlumot berilmagan.
-
Pokiston shimoli-gʻarbidagi harbiy baza va tibbiyot markaziga qurolli terrorchilik hujumi natijasida 28 kishi, jumladan, 10 nafar harbiy, ayol tibbiyot xodimlari va bolalar halok boʻldi. Pokiston ushbu hujumlarda Afgʻonistonni aybladi, oʻz navbatida, “Tolibon” hujumlarga aloqadorligini rad etdi.