18.07.2024 17:33
740

Ukraina Gʻazoga 1000 tonna bugʻdoy uni yubordi

Ukraina «ZernoFromUA» insonparvarlik dasturi doirasida Falastinga 1000 tonna bugʻdoy yubordi. Mazkur yordam 100 mingdan ziyod falastinlik oilaning bir oylik ehtiyojini qoplaydi. Ukrainadan Gʻazoga navbatdagi gumanitar yuklar “yaqin oylarda” etkazilishi rejalashtirilgan.

Ukraina «ZernoFromUA» insonparvarlik dasturi doirasida Falastinga 1000 tonna bugʻdoy yubordi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi X platformasida xabar berdi.

Mazkur yuk ushbu tashabbus doirasida Ukrainadan Falastinga yuborilgan uchta yukning birinchisidir. Bu bir oy davomida 101 mingdan ortiq falastinlik oilalarni qoʻllab-quvvatlashga yordam beradi, — deyiladi Ukraina TIV bayonotida. —  Biz oziq-ovqat tanqisligi va ochlik xavfi ostida qolgan begunoh fuqarolarga hayotni saqlab qolish uchun yordam koʻrsatmoqdamiz".

“Prezident Vladimir Zelenskiyning «GrainFromUA» tashabbusi Jahon oziq-ovqat dasturi bilan hamkorlikda Isroil va HAMAS oʻrtasidagi mojaro markazida qolib ketgan 100 mingdan ortiq oilaga oziq-ovqat yordami koʻrsatadigan uchta yukning birinchisini Falastinga yubordi”, — deyiladi vazirlik press-relizida.

Ukrainadan Gʻazoga navbatdagi gumanitar yuklar “yaqin oylarda” etkazilishi rejalashtirilgan. Ukraina Estoniya, Norvegiya, Frantsiya va Islandiya koʻmagida 7 ming tonnadan ortiq bugʻdoy unini Gʻazoga etkazib berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.

Mavzuga aloqador