18.07.2024 15:48

Mask yangi qonun tufayli SpaceX'ning bosh ofisini Kaliforniyadan Texasga koʻchirdi



Amerikalik milliarder Ilon Mask oʻzining X va SpaceX kompaniyalari shtab-kvartirasini Kaliforniya shtatidan Texasga koʻchirishini maʻʻlum qildi. Tadbirkorning aytishicha, bunga shtatdagi yangi – jinsini oʻzgartirmoqchi boʻlgan maktab oʻquvchilarini himoya qilish haqidagi qonun sababchi boʻlgan. 

“Bu oxirgi tomchi. Ushbu qonun va undan oldin qabul qilingan boshqa koʻplab qonunlar tufayli, oilalar va biznesmenlarga moʻljallangan SpaceX bosh qarorgohini Kaliforniyadan Texasga koʻchiradi", – deb yozgan Mask ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Maʻʻlumot uchun, Kaliforniya gubernatori Gevin Nʻyusom tomonidan imzolangan qonunga koʻra, maktab oʻquvchisining transgenderlikni tanlagani hatto uning ota-onasidan ham sir saqlanadi.

Ushbu qonun qabul qilinganidan soʻng Mask “yangi tartib orqali nafaqat ota-onalar huquqlari buzilgani, balki bolalarning hayoti ham xavf ostida qolayotgani” haqida yozdi.

Eʻʻtiborlisi, avvalroq Maskning 18 yoshli oʻgʻli Ksavʻe ham otasining qarshiligiga qaramay oʻz jinsi va ismini oʻzgartirgandi.

Mavzuga aloqador