18.07.2024 10:22

Dogʻiston muftiysi yangi fatvo boʻlimi tashkil etilishini maʻʻlum qildi

Dogʻiston muftiyatida fatvolar boʻlimi (sharʻʻiy va huquqiy xulosalar) va yarashtirish boʻlimi qayta tashkil etiladi. Bu haqda respublika musulmonlari idorasi rahbari Ahmad Abdulaev muftiylik xodimlari bilan uchrashuvda maʻʻlum qildi. 

Uning soʻzlariga koʻra, mazkur qaror aholining murojaat va soʻrovlari bilan ishlashni yaxshilash maqsadida ishlab chiqilgan.

Muftiyning tushuntirishicha, Dogʻistonning barcha toʻrt hududiy okrugi vakillari boʻlimda har kuni islom fanlari doktorlari boshchiligida ishlashadi. 

Eslatib oʻtamiz, 8 iyulʻ kuni muftiy Abdulaev fatvo boʻlimini “zamon talabiga” toʻgʻri kelmagani sababli tugatdi, shuningdek, respublika muftiyligida “keyingi oʻzgarishlar”ni ham eʻʻlon qildi. 

Avvalroq muftiy niqob (musulmon ayollarining yuzni toʻliq qoplaydigan va koʻz uchun tor tirqish qoldiradigan kiyim) taqishni taqiqlovchi fatvo qabul qilinganini eʻʻlon qilib, fatvo boʻlimiga bu masalani oʻrganishni topshirgan edi. 

Muftiylikning fatvo boʻlimi esa shariat matnlari tahlili niqobni butunlay taqiqlash boʻyicha qaror qabul qilish uchun asos boʻlolmasligi haqida bayonot berdi. Shunga qaramay, muftiylik tavsiyaviy xarakteriga ega boʻlgan niqobni vaqtinchalik taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Mavzuga aloqador