Bombalanayotgan Gʻazo: 286-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 285 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Gʻazo markazi boʻlgan Xon Yunusga, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon shahid boʻlganlar soni 38 794 kishiga etdi.
▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Falastin shaharlariga bostirib kirishmoqda. 15 kishi, jumladan, bir bola va uch ayol hibsga olingan.
▪️Al-Qassam brigadalari Rafah hududida ishgʻolchilarning "Merkava" tanki va bronetransportyorlarini yoʻq qildi. Talʻ el-Hava hududida pistirmaga tushgan sionistlar yoʻq qilindi.
▪️"Hizbulloh" bir kunda Nahariya va Miron aholi punktlariga 80 ta raketa otdi. Bu 60 ming koʻchmanchining evakuatsiya qilinishiga olib keldi.
▪️Livandagi Islomiy harakat rahbari Muhammad Jabar shahid boʻldi. Bosqinchilar uning mashinasiga hujum qilishgan.
▪️Falastinning BMTdagi vakili: Gʻazoda sodir boʻlayotgan voqealar dunyodagi ilk hujjatlashtirilgan genotsiddir.