17 iyulʻ, chorshanba kuni Qozogʻistonda “Birlestik-2024” xalqaro tezkor-taktik qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashgʻulotlarining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikiston harbiy rahbariyati Kaspiy dengizidagi Toʻqmoq burniga etib keldi va mashgʻulotlarning soʻnggi taktik epizodini kuzatdi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi bayonotida aytiladi.

Dunyoning 15 davlati harbiy attashe apparati vakillari ham ishtirok etgan tantanali marosimda bir guruh harbiy xizmatchilarga medallar va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi, shundan soʻng shaxsiy tarkib minbar oldidan tantanali yurish bilan oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, “Birlestik-2024” qoʻshma mashgʻulotlari "Oymasha" poligoni, Qoraqiya tumanidagi Toʻqmoq burni va Kaspiy dengizining Qozogʻiston akvatoriyasida oʻtkazildi.

Kaspiy dengizi sohillarida oʻtkazilgan mashgʻulotlarda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikiston harbiylari ishtirok etdi. Rossiya va Eron taklif qilinmadi.

Qoʻshma manyovrlarga jami 4 ming nafar harbiy xizmatchi, 700 tagacha qurol va harbiy texnika jalb qilindi.

Mavzuga aloqador