Bombalanayotgan Gʻazo: 238-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 238 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Davomini o'qish...31.05.2024 13:30Oʻzbekistonning davlat qarzi qariyb 35 mlrd dollarga etdi
2024 yil 1 yanvarʻ holatiga koʻra, Oʻzbekistonning davlat qarzi bir yil davomida 5,7 mlrd dollarga oʻsib (reja qilingan 2,9 mlrd dollar oʻrniga), 34,9 mlrd dollarga etdi. Olti yil ichida qarz 3 baravar oshdi. Oʻtgan yili davlat qarziga xizmat koʻrsatish xarajatlari keskin ortdi.
Davomini o'qish...31.05.2024 10:22Tramp AQShning jinoyatda ayblangan ilk sobiq prezidenti boʻldi
Hakamlar hayʻʻati AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni toʻlovlarni soxtalashtirish boʻyicha 34 ta bandda aybdor deb topdi. U toʻrt yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Tramp AQShning jinoyatda ayblangan ilk sobiq prezidenti boʻldi.
Davomini o'qish...31.05.2024 09:51AQSh Meta, Microsoft, TikTok va X kompaniyalariga antisemitizmga qarshi kurashishga topshiriq berdi
AQShning antisemitizm boʻyicha maxsus vakili Alphabet, Meta, Microsoft, TikTok va X vakillari bilan uchrashib, ularni oʻz platformalarida antisemit mazmunini cheklash boʻyicha saʻʻy-harakatlarni kuchaytirishga chaqirdi. Shuningdek, har bir kompaniyadan yahudiylarga qarshi kontentni jilovlash uchun asosiy xodimlarni oʻqitishni soʻradi. Aytilishicha, kompaniyalar hozircha AQSh hukumati talablariga rozi boʻlmagan.
Davomini o'qish...31.05.2024 08:40Oʻzbekistonda ICESCO mintaqaviy vakolatxonasini ochilishi rejalashtirilmoqda
Oʻzbekistonda Islom dunyosi taʻʻlim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) mintaqaviy vakolatxonasi ochilishi mumkin. Qoʻlyozmalarni saqlash va restavratsiya qilish boʻyicha tajriba almashish, arab tili oʻqituvchilarini tayyorlash ham koʻzda tutilgan. Prezident tashkilot bosh direktori bilan shu masalalarni muhokama qildi.
Davomini o'qish...31.05.2024 07:40Sloveniya hukumati Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi
Sloveniya hukumati Falastin davlatini tan olish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qildi. Endilikda ushbu qaror yakuniy tasdiqlash uchun parlamentga taqdim etiladi. Sloveniya tashqi ishlar vaziri Tanya Fajon parlament Falastinni tan olish boʻyicha 4 iyunʻ kuni ovoz berishi mumkinligini maʻʻlum qildi.
Davomini o'qish...30.05.2024 16:54Algida boykotdan qochish uchun Google xizmatidan foydalanmoqda
Boykot qilingan brendlar roʻyxatida birinchi oʻrinda turuvchi Unilever Algida brendi Google xizmatida reklama qilish orqali oʻzini "Turk muzqaymoq brendi" sifatida koʻrsatishni boshlagani aniqlandi.
Davomini o'qish...30.05.2024 16:25Rimda “Markaziy Osiyo – Italiya” uchinchi vazirlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan «S5+1» formatidagi “Markaziy Osiyo – Italiya” yigʻilishida suv, atrof-muhit resurslari va oliy taʻʻlim sohalarida strategik sheriklik oʻrnatish, iqtisodiy va sanoat hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Davomini o'qish...30.05.2024 14:35Bombalanayotgan Gʻazo: 237-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 237 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Davomini o'qish...30.05.2024 13:29Ertaga Xivada IHTga aʻʻzo davlatlarning turizm vazirlari sessiyasi boshlanadi
Xivada uch kun davom etadigan Islom hamkorlik tashkilotiga aʻʻzo davlatlar turizm vazirlarining boʻlajak XII sessiyasiga tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Davomini o'qish...30.05.2024 12:35
...