30.05.2024 16:54

Sloveniya hukumati Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi

Sloveniya hukumati Falastin davlatini tan olish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qildi. Endilikda ushbu qaror yakuniy tasdiqlash uchun parlamentga taqdim etiladi. Sloveniya tashqi ishlar vaziri Tanya Fajon parlament Falastinni tan olish boʻyicha 4 iyunʻ kuni ovoz berishi mumkinligini maʻʻlum qildi.

Sloveniya hukumati Falastin davlatini tan olish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qildi. Avvalroq mamlakat bosh vaziri Robert Golob hukumat payshanba kuni Falastin davlatini tan olish boʻyicha qaror qabul qilishini maʻʻlum qilgan edi.

Qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinganidan keyin yakuniy tasdiqlash uchun parlamentga taqdim etiladi. Sloveniya tashqi ishlar vaziri Tanya Fajon Falastinni tan olish boʻyicha parlament ovozi 4 iyunʻ kuni oʻtkazilishi mumkinligini bildirdi.

Oʻtgan hafta Norvegiya, Irlandiya va Ispaniya ham Falastinni davlat sifatida tan olishini eʻʻlon qilgan edi.