Bombalanayotgan Gʻazo: 237-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo
sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 237 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo
sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir
boʻlgan asosiy voqealar.
Bosqinchilar Rafah, Xon Yunis, Nusayrat lageri va Gʻazo
markaziga hujum qildi. Kun davomida 75 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan
buyon 36171 kishi shahid boʻldi.
▪️Gʻarbiy
Sohilda ishgʻolchilar Nablus, Tulkarm, Xalil va Ramallahga bostirib kirishdi. Katta
miqdordagi harbiy texnika va askarlar jalb etilgan. Uylarga gaz bombalari
tashlandi. 5 falastinlik yaralangan.
▪️Qarshilik
jangchisi Nablusdagi nazorat punktiga mashinada hujum qildi, ikki ishgʻol askari
halok boʻldi. Jami Gʻarbiy Sohil qarshilik kuchlari 24 soat ichida 18 ta operatsiya
oʻtkazdi.
▪️Al-Qassam
brigadalari: Bizning jangchilarimiz Gʻazo shahri gʻarbida murakkab operatsiya
oʻtkazib, binolardan birida qamal qilingan sionist otryadni yoʻq qilishdi.
▪️Ishgʻol
24 soat ichida Gʻazoda 21 askar yaralanganini tan oladi; Al-Qassam maʻʻlumotlariga
koʻra, 15 ga yaqin askar halok boʻlgan.
▪️Xitoy
rahbari Si Tszinpin: Biz 1967 yilgi chegaralar ichida poytaxti Sharqiy Quddusda
boʻlgan Falastin davlatini yaratishni qoʻllab-quvvatlaymiz. Gʻazodagi tinch aholi
azoblanishiga barham berish kerak va biz UNRVAga shoshilinch qoʻshimcha yordam beramiz.
▪️Fashist
samolyotlari Rafah gʻarbida yaradorlarni qutqarishga urinayotgan Qizil Yarim oyning
ikki nafar tibbiy xodimi tez yordam mashinasini bombardimon qildi.