30.05.2024 16:25

Algida boykotdan qochish uchun Google xizmatidan foydalanmoqda

Boykot qilingan brendlar roʻyxatida birinchi oʻrinda turgan Unilever Algida brendi Google xizmatida reklama qilish orqali oʻzini "Turk muzqaymoq brendi" sifatida koʻrsata boshladi.

Falastinliklarga qarshi genotsid hujumlarini davom ettirayotgan sionist Isroil nazorati ostidagi Algida Turkiyada iflos operatsiyani amalga oshirishga uringani aniqlandi, deb yozmoqda Yeni Safak nashri.

Boykot qilingan brendlar roʻyxatida birinchi oʻrinda turgan Unilever Algida brendi Google xizmatida reklama qilish orqali oʻzini "Turk muzqaymoq brendi" sifatida koʻrsata boshladi. Algida menejerlari mahalliy aholi tomonidan kompaniyani boykot qilishdan qochish uchun shu tarzda harakat qilishdi.

Google qidiruv tizimida «Algida» deb qidirsangiz (Turkiya hududida) kompaniya saytiga birinchi havola paydo boʻladi. Unda:

"Turk muzqaymoq brendi. Mahalliy ishlab chiqarilgan muzqaymoq...

Turkiyaning taʻʻmi bilan baxt keltiradigan muzqaymoq markasi", degan yozuvlarni oʻqish mumkin.

Sionistik brendlarni boykot qilish harakati terrorchi Isroil davlati tomonidan 2023 yil 7 oktyabrdan buyon falastinliklarga nisbatan amalga oshirilgan genotsid hujumlari ortidan paydo boʻldi.

Unilever Turkiyada va butun dunyoda Gʻazo sektorini qoʻllab-quvvatlayotgan barcha jamoalar tomonidan qabul qilingan boykot ostidagi brendlar roʻyxatida birinchi oʻrinni egallaydi.

Boykoturunleri manbasi maʻʻlumotlariga koʻra, Unilever Algida Falastinning ishgʻol qilingan tuproqlarida ishlab chiqarish korxonalariga ega. Bundan tashqari, Isroilning turli tashkilotlariga 2022 yilning oʻzida eng kamida 10 million dollar miqdorida xayriya qilgan. Shuningdek, u Isroil harbiy boʻlinmalariga mahsulotlar etkazib turuvchi Strauss Group kompaniyasi hamkori hisoblanadi

Mavzuga aloqador