Oʻzbekistonda ICESCO mintaqaviy vakolatxonasini ochilishi rejalashtirilmoqda
Oʻzbekistonda Islom dunyosi taʻʻlim, fan va madaniyat tashkiloti
(ICESCO) mintaqaviy vakolatxonasi ochilishi mumkin. Qoʻlyozmalarni saqlash va
restavratsiya qilish boʻyicha tajriba almashish, arab tili oʻqituvchilarini tayyorlash ham
koʻzda tutilgan. Prezident tashkilot bosh direktori bilan shu masalalarni muhokama
qildi.
Shavkat Mirziyoev 30 may kuni Islom dunyosi taʻʻlim, fan va
madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malikni qabul qildi, deb
xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Salim al-Malik Xiva shahrida boʻlib oʻtadigan Islom hamkorlik
tashkilotiga aʻʻzo davlatlar turizm vazirlari yigʻilishida ishtirok etish uchun
mamlakatga kelgan.
ICESCO bosh direktori Oʻzbekistondagi «boy ilmiy va madaniy
merosni asrab-avaylash, har tomonlama oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha
amalga oshirilayotgan siyosat natijalarini» yuqori baholadi, deyiladi xabarda.
Prezident tashkilot bilan oʻzaro manfaatli va jadal hamkorlikning bugungi
darajasini qayd etdi.
Uchrashuvda
ilm-fan, madaniyat, taʻʻlim va turizm sohalarida ushbu mintaqaviy tuzilma bilan
konstruktiv muloqot va samarali hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari
muhokama qilindi.
Tomonlar amaliy sheriklikni kengaytirish va qoʻshma loyihalarni
ilgari surish maqsadida Oʻzbekistonda ICESCO`ning mintaqaviy vakolatxonasini ochish
masalasiga toʻxtaldi.
2007 yilda Toshkent shahri Islom madaniyati poytaxti deb eʻʻlon
qilingan, 2020 yilda Buxoro shahri, 2025 yil uchun esa Samarqand shahri ushbu
maqomga ega boʻlgan.
Joriy yilda Xiva Islom dunyosining turizm poytaxti
hisoblanadi. Toshkent shahridagi Xalqaro islom akademiyasida ICESCO`ning Islom
tsivilizatsiyasini oʻrganish boʻyicha maxsus kafedrasi faoliyat yuritmoqda.
Hamkorlikning yangi yoʻnalishlari sifatida qoʻlyozmalar va boshqa
tarixiy yodgorliklarni saqlash, restavratsiya qilish boʻyicha tajriba almashish, bu
boradagi loyihalarni amalga oshirish, arab tili oʻqituvchilarini tayyorlash va
malakasini oshirish, xalqaro ilmiy va madaniy tadbirlarni tashkil etish belgilandi.