30.05.2024 12:35
Ertaga Xivada IHTga aʻʻzo davlatlarning turizm vazirlari sessiyasi boshlanadi

Xivada 31 maydan 2 iyungacha boʻlib oʻtadigan Islom hamkorlik tashkilotiga aʻʻzo davlatlar turizm vazirlarining boʻlajak XII sessiyasiga tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Qadimgi shaharda IHT bosh kotibi oʻrinbosari Ahmad Kavesa Sengendo va Turizm qoʻmitasi vakillari boʻlib oʻtadigan tadbirga tayyorgarlik ishlarini olib borishmoqda.
Forum mehmonlari orasida IHT bosh kotibi Huseyn Ibrohim Taha, Senegal, Somali, Tojikiston, Turkmaniston, Uganda, Ozarbayjon, Bangladesh, Burkina-Faso, Gabon, Misr, Iroq, Liviya, Malayziya, Malʻdiv orollari, Ummon, BAA va boshqa mamlakatlardan turizmni rivojlantirish uchun masʻʻullar, shuningdek, bir qator IHT tuzilmalari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 2022 yilda Xiva 2024 yil Islom dunyosining turizm shahri sifatida tanlangan. Joriy yilning mart oyida IHT bosh kotibi oʻrinbosari Ahmad Kavesa Sengendo tomonidan Xiva shahri hokimiga sertifikat topshirilgan.