15.01.2025 10:46
Misr sionistlarni qoʻllashda davom etmoqda
Misr sionistlarni qoʻllashda davom etmoqda
Misr hukumati Gʻazoda davom etayotgan insonparvarlik inqiroziga qaramay, Isroil bilan savdo aloqalarini kengaytirgani jiddiy eʻʻtirozlarga sabab boʻldi. Isroil Markaziy statistika byurosi maʻʻlumotlariga koʻra, 2024 yilning birinchi yarmida ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo hajmi oʻtgan yilga nisbatan 53 foizga oshgan.
Shu bilan birga, Gʻazoga insonparvarlik yordamini kiritilishida toʻsiqlar paydo boʻlayotgani xabar qilinmoqda. Misr rahbari Abdul Fattoh Sisiga yaqin deb taxmin qilinayotgan kompaniyalar yordam yuklarini kiritish uchun har bir yuk mashinasiga 5 mingdan 10 ming dollargacha pora talab qilmoqda. Ogʻir yaralanganlarni evakuatsiya qilish uchun ham xuddi shunday mablagʻlar undirilayotgani kuzatilgan.
Misr kompaniyalari Isroilga turli toifadagi mahsulotlar — oziq-ovqat, tibbiy anjomlar, qurilish materiallari, mashinasozlik uskunalari va elektronika etkazib berishda faollik koʻrsatmoqda. Bunday ikkitalik yondashuv mamlakatning mintaqaviy rolini shubha ostiga qoʻyib, Gʻazo mojarosi ortidagi haqiqiy manfaatlarini ochib berdi.
Inson huquqlari faollari va xalqaro tashkilotlar Misrning Gʻazo mojarosidagi roli haqida keskin bayonotlar bermoqda. Iskandariyadan Hayfaga qurol tashilgani bilan bogʻliq soʻnggi mojaro ham Qohiraning Isroil ishgʻolini qoʻllab-quvvatlashi haqidagi tanqidlarni yanada kuchaytirdi.
Siyosatshunoslar taʻʻkidlashicha, Gʻazo mojarosi 21-asrning xalqaro siyosatdagi niqoblarni yirtib tashlagan ramziga aylandi.