31.05.2024 09:51
Tramp AQShning jinoyatda ayblangan ilk sobiq prezidenti boʻldi
Ikki kunlik muhokamadan soʻng 12 sudʻya aʻʻzosi Trampni barcha 34 ta band boʻyicha aybdor deb topganini eʻʻlon qildi. 77 yoshli Tramp apellyatsiya berishi kutilmoqda.
U koʻpi bilan toʻrt yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin, odatda bu jinoyatda ayblangan jinoyatchilar koʻpincha oddiy jazo, jarima yoki sinov muddatini oladi. Qamoq jazosi uning saylovoldi tashviqotini olib borishiga yoki gʻalaba qozonishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodning oʻzi qarorga quyidagicha izoh berdi: “Mening fuqarolik huquqlarim bu oʻta siyosiy, konstitutsiyaga zid, saylovlarga toʻsqinlik qiluvchi jodugar ovi tufayli butunlay poymol qilindi. Butun dunyoda omadsiz xalqimizni ustidan kulishyapti!”
Gap Tramp saylovoldi tashviqotini olib borgan 2016 yilgi davrga tegishli. Tergov maʻʻlumotlariga koʻra, uning advokati Maykl Koen Danielsga maʻʻlumotni oshkor etmaslik toʻgʻrisidagi shartnomani imzolash evaziga 130 ming dollar oʻtkazgan.
AQShning sobiq prezidentining Trump Organization kompaniyasi hujjatlarda bu miqdorni yuridik toʻlovlar uchun mablagʻ sifatida koʻrsatgan. Tergovchilar bu moliyaviy hujjatlarni ataylab qalbakilashtirish, deb hisoblamoqda.
Tramp oʻzining sud jarayonini "siyosiy taʻʻqib" va u ishtirok etish niyatida boʻlgan 2024 yilgi prezidentlik saylovlariga aralashish deb hisoblaydi.