31.01.2024 19:05

2023 yilda Turkiyaga 57 milliondan ziyod sayyoh tashrif buyurdi

2023 yilda Turkiyaga 57 milliondan koʻproq (+11,1%) sayyoh tashrif buyurdi. Turizmdan tushgan daromad esa 54,31 milliard dollarni (+16,9%) tashkil etdi.

2023 yilda Turkiyaga tashrif buyurgan sayyohlar soni 56,7 million kishini tashkil etdi. Bu haqda Turkiya Statistika Instituti (TÜİK)ning oʻtgan yil yakunlari boʻyicha hisobotida koʻrsatilgan.

Departament maʻʻlumotlariga koʻra, bu 2022 yilga nisbatan 11,1 foizga koʻpdir.

Oʻtgan yili turizmdan tushgan daromad 54,31 milliard dollarni tashkil qilgan. Bu koʻrsatkich 2022 yilga nisbatan 16,9 foizga koʻpdir.

Ularning 41,6 milliard dollari sayyohlarning shaxsiy, 13,25 milliardi esa turpaketlar xarajatlariga tegishli.

Tashrifchilar sonini mamlakatlar boʻyicha oʻrganadigan boʻlsak, eng yaxshi uch mamlakat orasida Rossiya Federatsiyasi 6,3 million tashrif buyuruvchi bilan birinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, ikkinchi oʻrinni 6,2 million kishi bilan Germaniya, uchinchi oʻrinni esa Angliyadan tashrif buyurganlar 3,8 million sayyoh egalladi”, ‑ deya maʻʻlum qildi Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmed Nuri Ersoy.

Aholi jon boshiga sarf-xarajatlar 2017 yilda 65 dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2022 yilda 89 dollar, oʻtgan 2023 yilda esa 99 dollarga koʻtarildi.

Turkiya 2024 yilda mamlakatga 60 million sayyoh kelishini, turizm sektori daromadini ham 60 million dollarga koʻtarilishini kutmoqda.

Mavzuga aloqador