Gʻazo shimolida HAMAS tomonidan Isroil armiyasining yuqori martabali zobiti – 36 yoshi mayor Itsxar Xoffman oʻldirildi. Gʻazo hududida yoʻq qilingan isroil harbiylari soni 561 nafarga etdi. Oʻn minglab jarohatlanganlar bor.

Isroil armiyasi Gʻazo sektori shimolida yana bir yuqori martabali zobit halok boʻlganini maʻʻlum qildi.

Armiya bayonotida aytilishicha, 36 yoshli isroillik mayor Itsxar Xoffman Gʻazo shimolidagi toʻqnashuvlar chogʻida halok boʻlgan.

Gʻazo sektoriga hujumlar boshlangan 2023 yil 7 oktyabrdan beri oʻldirilgan isroil harbiylari soni 561 nafarga etdi, ularning 224 nafari quruqlik hujumi paytida halok boʻlgan.

 

Mavzuga aloqador