31.01.2024 12:28

Garvard talabalari universitetni islomofobiya muammosiga eʻʻtibor bermaganlikda ayblashdi

AQShning Garvard universiteti talabalari oliygoh rahbariyati kampus va sinfxonalarda islomofobiya holatlari, jumladan, falastinlik, arab va musulmon talabalarga qarshi tahdid va hujumlar eʻʻtiborsiz qoldirilayotgani ustidan shikoyat yoʻlladi. Talabalarga Amerika musulmonlar yuridik jamgʻarmasi koʻmak koʻrsatmoqda.

AQShning Garvard universiteti talabalari oliygoh rahbariyati ustidan islomofobiya holatlari eʻʻtiborsiz qoldirilayotgani sababli AQSh Taʻʻlim departamentining Fuqarolik huquqlari boʻyicha idorasiga shikoyat yoʻlladi.

WBUR nashrining xabar berishicha, Amerika musulmonlar yuridik jamgʻarmasi (MLFA) koʻmagida yoʻllangan shikoyatda OTM rasmiylari kampus va sinfxonalarda falastinlik, arab va musulmon talabalarga tahdidlar, taʻʻqiblar va hujumlarga tegishli javob berilgani yoʻq.

MLFA bayonotiga koʻra, shikoyat bir nechta Garvard maktablarining sakkiz nafar talabasi, shu jumladan musulmon va arab boʻlmagan baʻʻzi Falastin tarafdori ittifoqchilar nomidan berilgan.

Talabalar nomidan shikoyat yozgan MLFA bosh advokati Kristina Jampning aytishicha, Garvard "diniy kamsitish va diniy taʻʻqiblar muammosini hal qilmayapti". Jamp maʻʻlumotlariga koʻra, Garvard talabalari islomofobiya holatlari haqida xabar berganlarida, universitet maʻʻmurlari shikoyatlarni rad etgan yoki hech qachon talabalar bilan muammolar boʻyicha bogʻlanmagan va ularni eʻʻtiborsiz qoldirishgan.

Misol uchun, uning soʻzlariga koʻra, deyarli barcha sakkiz ishtirokchi talaba kampusda falastinliklarning anʻʻanaviy roʻmoli boʻlgan kufiya kiyganlari uchun ogʻir oqibatlarga duch kelishgan.

"Ularni Garvardning boshqa talabalari, Garvard maʻʻmurlari, professorlari va boshqa Garvard xodimlari toʻxtatishgan, taʻʻqib qilishgan va haqoratlashgan, ‑ dedi Jamp dushanba kuni bergan intervʻyusida. ‑ Ularning baʻʻzilariga nimadir uloqtirgan, baʻʻzilariga nimadir agʻdarishgan. Ularning koʻpchiligi shunchaki roʻmol oʻragani uchun «terrorchi» deb atalgan”.

Garvard bu soʻnggi shikoyatga izoh berishdan bosh tortdi. Talabalar shaharchasida bir necha oy davom etgan mojarolar va sobiq prezident lavozimdan chetlatilganidan soʻng, muvaqqat rahbar Alan Garber shu oy boshida islomofobiya va antisemitizmga qarshi kurashuvchi yangi ishchi guruhlar tashkil etilishini eʻʻlon qildi.

Qayd etilishicha, Taʻʻlim departamentida shikoyatlar sekin va noshaffof tarzda koʻrib chiqiladi. Ammo Jampning soʻzlariga koʻra, talabalar mazkur shikoyat qandaydir oʻzgarishlarga olib kelishiga umid bildirishmoqda.

Shu oy boshida yahudiy talabalar tomonidan berilgan federal daʻʻvoda Garvard oʻz kampuslarida antisemitizmning nazoratsiz oʻsishiga yoʻl qoʻyganlikda ayblangandi.

Mavzuga aloqador