31.01.2024 14:25

Soʻnggi bir oyda AQShning Suriyadagi bazalariga kamida 83 ta hujum uyushtirildi

Oxirgi bir oy ichida AQShning Suriyadagi bazalariga kamida 83 marotaba hujum uyushtirildi. Koniko gaz zavodi va Dayr-az-Zordagi Umar neftʻ koni, Hasakadagi Seddadi, Himo va Xarab Jir bazalari, shuningdek, Xomsdagi At-Tanf bazasi hujumlar nishoniga aylandi.

Suriyadagi Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan guruhlar soʻnggi bir oy ichida “erdan erga” qurollari va kelib chiqishi nomaʻʻlum kamikadze dronlardan foydalangan holda AQSh bazalariga kamida 83 ta hujum uyushtirgan.

AQShning Suriyadagi bazalariga hujumlar oxirgi bir oy davomida jadal davom etdi.

Anadolu maʻʻlumotlariga koʻra, oʻtgan bir oy ichida AQShning Hasaka, Dayr-az-Zor va Homsdagi 6 ta bazasiga qariyb bir kunlik farq bilan 20 xil holatda kamida 83 ta raketa va uchuvchisiz uchish apparatlari orqali havo hujumi uyushtirilgan.

Hujumlarda Amerika qoʻshinlari joylashgan Dayr-az-Zordagi Koniko gaz zavodi va Umar neftʻ koni, Hasakadagi Seddadi, Himo va Xarab Jir bazalari hamda Xomsdagi At-Tanf bazasi nishonga olingan.

Garchi Amerika havo mudofaa tizimlari raketa va uchuvchisiz samolyotlarning katta qismini nishonga etmasdanoq havoda yoʻq qilgan boʻlsada, oz sonli raketa va dronlar mudofaa uchun oʻrnatilgan bazalar toʻsiqlarigacha etib borgan.

Bu hujumlarga javoban AQSh qoʻshinlari vaqti-vaqti bilan Iroqdan Suriyaga kirib kelayotgan karvonlarni, shuningdek, Furot daryosining gʻarbiy sohilidagi Elbukemal va Elmeyadin hududlarida joylashgan Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan guruhlar pozitsiyalarini nishonga oldi.

15 yanvarʻ kuni Dayr-az-Zordagi Koniko gaz zavodiga raketa hujumi natijasida bir amerikalik askar yaralandi.

Pentagon matbuot kotibi oʻrinbosari Sabrina Singxning aytishicha, 2023 yilning 17 oktyabridan 2024 yilning 18 yanvariga qadar Iroq va Suriyadagi AQSh bazalariga jami 140 ta hujum uyushtirilgan.

Singx 57 ta hujum Iroqda, 83 tasi Suriyada amalga oshirilgani haqidagi maʻʻlumot bilan oʻrtoqlashdi.

Ayrim manbalarga koʻra, Eron nazorati ostidagi guruhlarga AQSh bazalariga hujumlarni toʻxtatishni “buyurgan”.

Mavzuga aloqador