01.02.2024 10:38

Bloomberg: RF Mudofaa vazirligi “Vagner” XHK oʻrniga “Afrika korpusi”ni shakllantirmoqda

Bloomberg: RF Mudofaa vazirligi “Vagner” XHK oʻrniga “Afrika korpusi”ni shakllantirmoqda

 

Rossiya Afrikada “Vagner” XHK operatsiyalarini nazorat qilish uchun 20 ming kishilik harbiy guruhni shakllantirmoqda, deya xabar bermoqda Bloomberg. “Afrika korpusi” deb nomlangan guruh Rossiyaning Afrikadagi besh hamkor davlati – Burkina‑Faso, Liviya, Mali, Niger va MARda faoliyat koʻrsatadi.

Taʻʻkidlanishicha, Rossiya Frantsiya oʻz qoʻshinlarini olib chiqqanidan soʻng mintaqada taʻʻsirini kuchaytirishga harakat qilmoqda. Shuningdek, “Vagner” XHKning Afrikadagi biznesi, jumladan, oltin va olmos qazib olishni oʻz nazorati ostiga oʻtkazmoqchi.

RF Mudofaa vazirligi Markaziy Afrika Respublikasi (MAR) da Afrika qoʻshinlari uchun mintaqaviy shtab tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, Rossiya Ukrainaga qarshi urush uchun yangi yollanma askarlarni jalb qilishga ham harakat qilmoqda.

“Afrika korpusi” hukumatlararo kelishuvlar orqali Rossiyaning Afrikada boʻlib turishini mustahkamlashi kutilmoqda, biroq bu harbiy jinoyatlarda ayblanish ehtimolini ham oshiradi.

Qayd etilishicha, “Vagner” XHK biznesi ustidan nazorat Rossiyaga Afrika resurslaridan Ukrainadagi urushini moliyalashtirish maqsadida foydalanishiga yordam beradi.

Bundan tashqari, Rossiya propagandasi sobiq mustamlakachi davlatlardan norozi boʻlgan Afrika xalqlariga ham taʻʻsir koʻrmatmoqda.

“Afrika korpusi” bevosita RF Mudofaa vazirligi nazorati ostida 2024 yil oʻrtalarigacha shakllantirilishi mumkin.

 

Mavzuga aloqador