31.01.2024 16:15

Isroilning Gʻazoga hujumlari natijasida halok boʻlganlar soni 27 ming kishiga yaqinlashdi

Isroilning Gʻazoda amalga oshirayotgan qatliomi qurbonlari soni 26,9 ming nafardan oshdi, qariyb 66 ming kishi jarohatlangan.

Isroilning Gʻazo sektoridagi urushidan shahid boʻlganlar soni oʻtgan yilning 7 oktyabridan buyon 26 ming 900 nafarga, yaradorlar soni esa 65 ming 949 nafarga etdi.

Oxirgi 24 soat ichida ishgʻol natijasida sektorda 16 ta oilalar qirgʻin qilindi, 150 nafar falastinlik halok boʻldi, 313 kishi yaralandi.

Falastin Mahbuslar klubining maʻʻlum qilishicha, Gʻarbiy Sohilda 7 oktyabrdan beri qoʻlga olinganlar soni kechadan beri 28 kishining qoʻlga olinishi ortidan 6 420 nafarga etdi.

Oʻz navbatida, Isroil ishgʻol armiyasi Gʻazo sektoridagi janglarda 3 askarning halok boʻlgani va 5 askarning yaralangani haqida eʻʻlon qilganidan soʻng qurbonlar soni 560 nafarga etdi.

Mavzuga aloqador