01.02.2024 09:55

Qirgʻiziston mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi konventsiyaga qoʻshildi

Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov “Qirgʻiziston Respublikasining Mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi konventsiyaga qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi. Qonun Qirgʻiziston fuqarosi hisoblangan mahbuslarni keyingi jazo muddatini oʻz mamlakatida oʻtashiga asos boʻlib xizmat qiladi.

Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov “Qirgʻiziston Respublikasining Mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi konventsiyaga qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi.

Hujjat Jogorku Kenesh (parlament) tomonidan 2023 yil 20 dekabrda qabul qilingan.

Qonun Qirgʻiziston bilan Evropa Kengashiga aʻʻzo davlatlar hamda Konventsiyaga qoʻshilgan boshqa davlatlar oʻrtasida mahkumlarni keyingi jazoni oʻzlarining davlatida oʻtash uchun oʻtkazish sohasida huquqiy asos yaratishni nazarda tutadi.

Konventsiyaning maqsadi jinoyat huquqi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

Qonun rasmiy eʻʻlon qilingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.

Mavzuga aloqador