Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 22 may kuni rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Numan Kurtulmush boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon ayni paytda HAMASning mingdan ortiq aʻʻzosi oʻz mamlakatida davolanayotganini maʻʻlum qildi. "HAMASni biror terroristik guruh deb hisoblamayman va ayni paytda HAMASni qadamma-qadam kuzatib bormoqdaman va oʻlkamda hozirda mingdan ziyod HAMAS aʻʻzolari kasalxonalarimizda, barchasi davolanmoqda. Ishimizni mana shunday davom ettirmoqdamiz", - dedi Turkiya etakchisi.
HAMAS Gazoda tinchlik oʻrnatish boʻyicha Misr va Qatar tomonidan ilgari surilgan sulh shartlarini qabul qildi. Kelishuv 42 kun davom etadigan 3 bosqichni oʻz ichiga oladi. Isroil esa Rafahga hujumni davom ettirishga qaror qildi.
Istanbulda 79 yil muqaddam muzeyga aylantirilgan sobiq Kariya masjidi 4 yillik taʻʻmirlash-tiklash ishlaridan soʻng masjid sifatida faoliyatini qaytadan boshladi. U xuddi Ayasofya masjidi singari sayyohlar va namozxonlar uchun alohida kirishga ega boʻladi.
Turkiya prezidenti Gʻazo sektoridagi mavjud vaziyatni saqlab qolishga yoʻl qoʻyilmasligini hamda Falastin anklavida sodir boʻlayotgan voqealar oldida jim turmasligini taʻʻkidlaldi.
Turkiya Janubiy Afrikaning Isroilni genotsidda ayblab Xalqaro sudga kiritgan daʻʻvosiga qoʻshilishga qaror qildi. "Biz tanlov qarshisida turibmiz. Yoki qonun va insoniylikni himoya qilamiz yoki barchamiz Isroil zulmining badalini toʻlaymiz", - dedi Turkiya TIV rahbari Hoqon Fidan.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmazni qabul qildi. Yilmaz Senat raisi Tanzila Norboeva hamda iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov bilan ham muzokaralar oʻtkazdi.
Tojikiston Turkiyaning viza tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi qaroriga javob qaytardi. Unga koʻra, Turkiya fuqarolari 20 apreldan Tojikistonga kelish uchun viza olishlari talab etiladi.
Turkiyaning Isroilga 54 turdagi mahsulotlar eksportini taqiqlagani ortidan Tel-Aviv AQShdan turk iqtisodiyotiga sarmoyalar kiritishni toʻxtatishni soʻradi. Shuningdek, “Turkiya iqtisodiyotiga zarar keltiradigan parallel choralar koʻrish”ga vaʻʻda berdi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz tartibni bekor qilish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.