Turkiya hukumati Isroil bilan savdo aylanmasi oshgani haqidagi xabarlarni rad etdi
Turkiya Isroil bilan savdo aloqalari asosan ishgʻol ostidagi Falastin hududlari va Isroil fuqarolari hisoblangan falastinliklar bilan amalga oshirilayotganini maʻʻlum qildi.
Turkiya hukumati muxolif ommaviy axborot vositalarining
Isroil bilan savdo aylanmasi oshgani haqidagi daʻʻvolarini rad etdi: Savdo
vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, 7 oktyabrdan buyon bu koʻrsatkich
yillik 45 foizga kamaygan.
"Baʻʻzi
ommaviy axborot vositalarida Isroilga eksport hajmi oshgani haqidagi daʻʻvolar
haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Tijorat ishlari Isroilning yahudiy qismi bilan emas, balki
ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohil, Sharqiy Quddus va Gʻazo hamda Isroil fuqarosi
hisoblangan 2,2 mln falastinlik bilan amalga oshirilmoqda”, - deyiladi Savdo
vazirligi bayonotida.
Vazirlikning
qayd etishicha, Falastin hududiga yoʻnaltirilgan har qanday tovarlar u yoki bu
tarzda Isroil bojxonalaridan oʻtadi.
Maʻʻlumotlarga
koʻra, 2022 yil 7 oktyabrdan 31 dekabrgacha Turkiyaning Isroil bilan tovar
ayirboshlash hajmi 2,32 mlrd dollarni, 2023 yilning shu davrida esa 1,28 mlrd
dollarni tashkil etgan va shu bilan 45 foizga qisqargan.
Avvalroq
ijtimoiy tarmoqlarda isroillik askarlarning konteynerlardan katta miqdordagi
Turkiyada ishlab chiqarilgan issiq (termal) ichki kiyimlarni tushirayotgani aks etgan
video tarqalgan edi. Turkiya Dezinformatsiyaga qarshi markazi bosqinchi Isroil
armiyasiga issiq ichki kiyimlar joʻnatilganini rad etib, ijtimoiy tarmoqlarda
aylanib yurgan videolar eski ekanini maʻʻlum qildi.