09.01.2024 08:13

RASMIY BAYoNOT

 

 “Azon Global” axborot tahliliy portali asoschisi, ustozimiz Mubashshir Ahmad 2023 yilning 28 dekarʻ kuni tongda Turkiya Ichki ishlar tizimi xodimlari tomonidan gumonlanuvchi sifatida olib ketildi.

Dastlab qandaydir anglashilmovchilik boʻlgani, shu bois ommani behuda tashvishga solish kerak emasligi kabi mulohazalar bilan bu haqda keng ommaga xabar berilmadi. (Ijtimoiy tarmoqlarda oʻsha kunlari aylangan gaplarga portalning rasman aloqasi yoʻq.)

Undan keyin, Ustoz Mubashshir Ahmadga qoʻyilayotgan ayblovlar umuman asossiz ekani, bu hol dastlabki surishtiruvdayoq aniqlanishiga va ustozni qoʻyib yuborilishiga qatʻʻiy ishonch bor edi. Ammo, afsuski, vaziyat unday boʻlib chiqmadi.

Turkiya qonunlari boʻyicha gumonlanuvchini 3 kundan ortiq tutib turish mumkin emas, shu muddat ichida qoʻyilayotgan ayb isbotlansa,  Adliya idoralariga oʻtkazilishi, isbotlanmasa, chiqarib yuborilishi lozim. Baʻʻzan chet ellik shaxslarni qaytarib yuborish (deportatsiya) markazlariga oʻtkazishadi va u erdan oʻz vataniga joʻnatishadi yoki ozod qilishadi.

Dastlabki surishtiruvlarda, tabiiyki, ustoz Mubashshir Ahmadga qoʻyilayotgan ayblov oʻz isbotini topmadi.  Qaytarib yuborish (deportatsiya) markazlariga oʻtkazilgan domlani oradan shuncha kun oʻtib ham tutib turishgani tushunarsiz boʻlib qolmoqda. Albatta, bu hodisa sodir boʻlgan kunidanoq advokatlar harakatlarini boshlashgan va boshqa barcha kerakli chora tadbirlar koʻrilmoqda.

Shu oʻrinda xalqimizdan, siz azizlardan iltimosimiz shuki, gʻarazli kimsalar tarqatayotgan turli boʻhtonlarga eʻʻtibor bermang, duolaringizni darigʻ tutmang. Inshaalloh, tez fursatda ustoz Mubashshir Ahmad ozod etiladilar va yana ilmu maʻʻrifat ulashishda davom etadilar.  

Mavzuga aloqador