Turk lirasi bilan tashqi savdo qariyb 822 milliard liraga etdi
2023 yilda Turkiya tashqi savdoda 822 mlrd liralik hisob-kitoblarni milliy valyutasida amalga oshirdi.
Turk
lirasidagi tashqi savdo oʻtgan yili oʻtgan yilga nisbatan keskin ortib, 821 mlrd
569 mln liraga (27,6 mln dollardan ziyodroq) etdi. Bu haqda Anadolu Savdo
vazirligi maʻʻlumotlariga tayanib xabar berdi.
Qayd
etilishicha, mamlakat tarixidagi eng yuqori eksport amalga oshirilgan 2023 yilda
turk lirasidagi savdo hajmi ham keskin ortgan.
Turk lirasidagi eksport oktyabrʻ oyida ayniqcha keskin ortib, 25 mlrd 311 mln lirani tashkil etdi. Shuningdek, bu oyda import
62 mlrd 659 mln lira, umumiy tashqi savdo hajmi
esa 87 mlrd 970 mln liraga etgan.
Umuman
olganda, oʻtgan yili turk lirasidagi eksport oʻtgan yilga nisbatan 73,6
foiz ortib, 224 mlrd 56 mln liraga etdi. Shuningdek, bu davrda import 597 mlrd 513 mln liraga etdi. Turk lirasi bilan
tashqi savdo hajmi oʻtgan yilgi
398 mlrd 371 mln liradan 821 mlrd 569 mln liraga koʻtarildi.
Avvalroq
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan 2023 yilda eksporti hajmi 255 mlrd 809
mln dollarga etib, mamlakat tarixidagi rekord daraja qayd etilganini maʻʻlum
qilgan edi.