Turkiya parlamenti Shvetsiyaning NATOga aʻʻzo boʻlishi toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʻʻqulladi
Turkiya Buyuk Millat Majlisi (GNTA) Bosh Assambleyasida Shvetsiyaning NATOga kirishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qilishni maʻʻqullovchi qonun loyihasi qabul qilindi. 346 deputatdan 287 nafari Shvetsiyaning NATOga kirishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qilish uchun ovoz berdi.
Turkiya Buyuk Millat Majlisi (GNTA) Bosh Assambleyasida
Shvetsiyaning NATOga kirishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qilishni maʻʻqullovchi
qonun loyihasi qabul qilindi,
deya xabar bermoqda Anadolu.
Bir kun
avval parlament Bosh assambleyasi Shvetsiyaning Shimoliy Atlantika shartnomasiga
(NATO) qoʻshilishi haqidagi bayonnomani ratifikatsiya qilishni maʻʻqullovchi qonun
loyihasini muhokama qilgan edi.
Ovoz
berishda ishtirok etgan 346 deputatdan 287 nafari ushbu qonun loyihasini
maʻʻqulladi. 55 deputat «qarshi», 4 nafar deputat «betaraf» ovoz berdi.
Endilikda
hujjatni mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon imzolashi kerak.
Shunday
qilib, Vengriya shvedlarning alyansga aʻʻzo boʻlish toʻgʻrisidagi arizasini ratifikatsiya
qilmagan oxirgi davlat boʻlib qoldi.
Shvetsiya
2022 yilda NATOga aʻʻzo boʻlish uchun ariza bergan edi. Turkiya alʻyans aʻʻzosi
sifatida Anqaraning aʻʻzolikni ratifikatsiya qilishi uchun Stokgolʻm bajarishi kerak
boʻlgan shartlarni qoʻydi. 2023 yil oktyabrʻ oyi oxirida Erdoʻgʻon Turkiya
parlamentiga Shvetsiyaning NATOga kirishini ratifikatsiya qilish boʻyicha hujjatlar
toʻplamini taqdim etdi.