03.01.2024 12:02
Turkiyada “Mossad”ning 33 josusi qoʻlga olindi – asosiy maʻʻlumotlar
Ular Turkiyada chet elliklarni kuzatish, taʻʻqib qilish va bosqinchilik kabi ishlarni bajargan.
Turkiya Milliy razvedka tashkiloti (MİT) hamda Istanbul politsiya boshqarmasi Razvedka va terrorizmga qarshi kurash boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan maxsus operatsiyada Isroil tashqi razvedka xizmati – “Mossad”ga aloqador 34 kishi qoʻlga olindi. Operatsiya davomida “Mossad” josusi ekani gumon qilingan jami 46 kishi aniqlangan boʻlib, ularning ayrimlari xorijga ketgan.
Aksariyati chet elliklar boʻlgan bu gumonlanuvchilar asosan qisqa muddatli taktik ishlarga yollangan xodimlar boʻlgan.
Operatsiyalar davom etmoqda
Qayd etilishicha, Isroil razvedka xizmatiga aloqador shaxslarga qarshi maxsus amaliyotlar 2021 yilda boshlangan boʻlib, 2021-2022 yillarda 58 nafar chet ellik, 39 nafar Turkiya fuqarosi, jami 97 kishi qoʻlga olingan. Ilk bosqichda ulardan 51 nafariga qarshi sud jarayonlari davom etmoqda.
Bundan tashqari, 2023 yil aprelʻ oyida chet elda Isroil agentlari bilan muntazam uchrashib, Isroil razvedkasi tomonidan berilgan vazifalarni bajarib kelgan Selchuk Kuchukkaya va uning 16 kishilik tarmogʻi yoʻq qilindi.
Oxirgi boʻlib Isroil razvedka xizmati tomonidan Malayziyada falastinlik muhandis Omar Albelbaisiyni Malayziyada oʻgʻirlashga qaratilgan urinishlarning Turkiyadagi choralariga chek qoʻyilgandi.
Ishlash usullari fosh qilindi
Operatsiyalar orqali Isroil razvedka xizmatining ish uslublari ham fosh qilindi.
Jumladan, Isroil razvedka xizmati Turkiyada falastinliklar va ularning oilalariga qarshi harakatlarda foydalanish uchun xodimlar yollagani, bu ishlar doirasida Isroil razvedkasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlar yoki guruhlarda tafsilotlari ochiqlanmagan ish eʻʻlonlari yoxud havolalari eʻʻlon qilingan holda zarur kishilarning oʻzlari bilan aloqaga kirishishlari taʻʻminlangan.
Isroil maxsus xizmati ushbu reklama/havolalarga javob bergan odamlar bilan Telegram va WhatsApp ilovalari orqali faqatgina yozma uslubda aloqa oʻrnatilgan.
Manbalarga amalga oshiriladigan toʻlovlar uchun esa vositachi/jonli kurʻerdan, shuningdek, kriptovalyuta va pul oʻtkazish tizimlaridan foydalanilib, pul izini yoʻqotishga harakat qilingan.
Ushbu ishchilardan foydalangan holda Isroil razvedkasi maʻʻlumot toʻplash, tahlil qilish, nishonlarning foto va videotasvirlarini olish, kuzatish, kuzatuvdagilarning transport vositalariga GPS qurilmalarini joylashtirish, hujum qilish/jarohat etkazish, bosqinchlik, qasddan oʻt qoʻyish, tahdid va shantaj kabi operatsion ishlarni amalga oshirgan. Shuningdek, sayt, internet nashr ochish va boshqarish, yolgʻon xabarlarni tarqatish kabi dezinformatsion faoliyat ham yuritilgan.
Bulardan tashqari, Isroil razvedkasi nishonlarning IP manzillarini yigʻish, Turkiyadagi xorijliklar uchun maʻʻlumotlar bazasini yaratish, kuzatuvdagi hududlarda kuzatuv kameralarini qoʻlga kiritish yoki ularga kirish orqali kiber faoliyatni ham amalga oshirgan.
Turk razvedkasi nazariga tushmaslik uchun xorijda uchrashishgan
Isroil razvedka xizmatining turk razvedkasi nazariga tushmaslik va oʻz agentlari xavfsizligini taʻʻminlash maqsadida zarur malakaga ega deb hisoblangan kishilar bilan xorijda uchrashgani aniqlandi.
“Mossad” ijtimoiy tarmoqlar va ish eʻʻlonlari saytlari orqali erishgan bu odamlar bilan dastlabki aloqa uning shaxsiy ehtiyojlari va manfaatlariga mos niqoblar yordamida oʻrnatilgan. Qayd etilishicha, aloqaga kirishgan kishi xiyonat qilmasligi va ruhiy xotirjam boʻlishi uchun katta miqdorda pul toʻlangan.
Yolgʻon detektorida tekshirilgan
Xorijdagi uchrashuvlarda yollangan josuslar bilan oʻsha mamlakat aholisining jismoniy xususiyatlariga ega razvedkachilar aloqaga kirishgan, chet el sayohatlarida hashamatli mehmonxonalarga joylashtirilgan, lyuks restoranlar, maxsus sayohat dasturlariga taklif qilingan, shuningdek, ular yolgʻon detektorlari orqali tekshirilgan.
Maʻʻlum boʻlishicha, xorijda uchrashgan xodimlarga toʻlovlar qoʻlda amalga oshirilgan, toʻlov miqdori bojxonada muammo tugʻdiradigan darajada yuqori boʻlsa, maxfiy boʻlmachalari boʻlgan maxsus ishlab chiqilgan sumkalar berilgan. Ushbu sumkalardagi pullarni na rentgen apparatlari, na maxsus oʻrgatilgan itlar aniqlay olgan.
Xorijdagi uchrashuvlarda xodimlarga maxfiy xabar almashish sirlari oʻrgatilgan va ular maxfiy aloqa tizimlari bilan taʻʻminlangan, shundan soʻng barcha ishlar maxsus xabar almashish tizimi orqali amalga yuritilgan.
Taʻʻqib qilish, kuzatuv, foto hujjatlashtirish, keysing (kalit nusxasini olish), hisobot berish va faoliyat xavfsizligi boʻyicha treninglar Isroildan kelgan maxsus guruh tomonidan oʻtkazilgan.
Taktik xodimlar qoʻshimcha ravishda Eron va Iroq chegarasidan Turkiyaga odam va tovarlarni olib oʻtish, kompʻyuter xakerlarini topish, "xavfsiz uy/safe house" bilan taʻʻminlash, maxsus operatsiyalarda foydalanish uchun tez yordam shirkati bilan kelishish kabi ishlarni ham amalga oshirgan.
“Mossad”ga aloqador shaxslarga qarshi amaliyotlar kelgusida ham davom ettirilishi maʻʻlum qilindi.